Xalqaro dzyudo federatsiyasi 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘l olgan sportchilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning 16 nafar dzyudochisi litsenzion hudud bo‘yicha o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ulardan olti nafari ayollar terma jamoasi vakillaridir. Bir vaqtning o‘zida 6 nafar dzyudochi qizlarning litsenzion hududdan o‘rin olishi esa birinchisi bo‘ldi.
Bu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy yo‘nalishda ham litsenziya talabini bajargan 12 jamoadan biriga aylandi.
Erkaklar:
-60 kg:
6. Dilshodbek Baratov — 1644 ochko
-66 kg:
17. Muhriddin Tilovov — 1034 ochko
24. Sardor Nurillayev — 879 ochko
-73 kg:
6. Murodjon Yo‘ldoshev — 1870 ochko
8. Obidxon No‘’monov — 1714 ochko
11. Shahram Ahadov — 1460 ochko
-90 kg:
3. Davlat Bobonov — 2174 ochko
-100 kg:
9. Muzaffarbek To‘raboyev — 1289 ochko
+100 kg:
2. Alisher Yusupov — 2310 ochko
13. Shohruh Baxtiyorov — 1210 ochko
Ayollar:
-48 kg:
28. Halimajon Qurbonova — 620 ochko
-52 kg:
3. Diyora Keldiyorova — 2784 ochko
12. Sita Qadamboyeva — 937 ochko
-57 kg:
27. Shukurjon Aminova — 710 ochko
-70 kg:
1. Saki Nizoye (Yaponiya) — 3450 ochko
21. Gulnoza Matniyazova — 875 ochko
-78 kg:
27. Irisxon Qurbonboyeva — 479 ochko
Qayd etilishicha, bu 2024-yilning 23-iyun kuni yopiladigan Olimpiada reytingi. Unga reyting yetakchisi, litsenzion hududdan joy olgan yoki qit’aviy kvotaga ega dzyudochilar kiritiladi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Bir vaznda ikki yoki undan ko‘p sportchi litsenzion hududdan joy olsa, Olimpiada ishtirokchisi murabbiylar shtabi qaroriga ko‘ra tanlanadi, deyiladi xabarda.