Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi
15 aprel 2021, 11:30 1

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekistonning o‘rni bir pog‘onaga yaxshilandi

Vizasiz sayohat qilish reytingida O‘zbekiston 85-o‘rinni egalladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 57 ta davlat hududiga vizasiz sayohat qilishlari mumkin. Birinchi o‘rinda Yaponiya bo‘lib, ushbu mamlakat pasporti fuqarolarga 193 ta davlatga vizasiz sayohat qilish imkonini bermoqda.

O‘zbekistonda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi
15 aprel 2021, 10:44

O‘zbekistonda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi

O‘zbekistonda Fransiyaning EDF kompaniyasi bilan hamkorlikda ilk gidroakkumulyatsiya elektrostansiyasi (GAES) quriladi. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida qurilishi rejalashtirilayotgan Xo‘jakent GAESning loyihaviy quvvati 200 MVt ga teng.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi
15 aprel 2021, 10:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga yo‘l oldi. Safar chog‘ida — shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

«Paxtakor» OCHLni durang bilan boshladi. Bugun AGMK o‘ynaydi
15 aprel 2021, 10:31

«Paxtakor» OCHLni durang bilan boshladi. Bugun AGMK o‘ynaydi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichida dastlabki uchrashuvni Eronning «Traktor» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 3:3 hisobidagi durang natija qayd etildi. Shuningdek, bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi
15 aprel 2021, 10:31

O‘zbekistonda 300 mingdan ortiq kishi COVID-19 ga qarshi emlandi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan 300 mingdan ortiq fuqaro emlandi. 14 aprel kuni 43 ming 896 kishi vaksina oldi.

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi
15 aprel 2021, 09:12

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari qoplab beriladi

Hukumat qarori bilan 1 maydan boshlab 5 ta xalqaro imtihon tizimi (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) bo‘yicha va 2022 yil 1 yanvardan boshlab yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha imtihonlarda yuqori ball to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi.

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi
14 aprel 2021, 22:50 1

IREX 15 yildan so‘ng O‘zbekistonga qaytadi

Adliya vazirligi Xalqaro tadqiqotlar va almashuvlar kengashining O‘zbekistondagi filialini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Tashkilot vakolatxonasi 2006 yilda yopilgan edi.

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
14 aprel 2021, 22:34

Shvetsiyada O‘zbekiston elchixonasi ochiladi

Shvetsiyada O‘zbekistonning to‘laqonli diplomatik vakolatxonasi ochilishi kutilmoqda. Elchixonaning faoliyati Shvetsiya va boshqa Skandinaviya davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga qaratiladi. Shu o‘rinda, O‘zbekistonning Afinadagi diplomatik vakolatxonasi faoliyati tugatiladi.

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
14 aprel 2021, 21:05

Shavkat Mirziyoyev Imron Xon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazib, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni qayta tiklash, imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolash, viza rejimini soddalashtirish, transport-tranzit va boshqa masalalarni muhokama qildi. Pokistonning Serene Air kompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarini boshlashni rejalashtirmoqda.

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi
14 aprel 2021, 20:45

Oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 590 mln dollarga kamaydi

Aprel oyi boshida O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari bir oyda 589,1 mln dollarga kamayib, 32,6 mlrd dollarga tushdi. Oltin hajmi oshganiga qaramasdan, qimmatbaho metall narxining tushishi bunga sabab bo‘ldi.

Jahon yangiliklari dayjesti
14 aprel 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Andijonda Polsha universiteti filiali tashkil etildi
14 aprel 2021, 18:01

Andijonda Polsha universiteti filiali tashkil etildi

Andijonda Varshava menejment universiteti filiali tashkil etildi. Universitetda 6 ta fakultet faoliyat olib boradi. Darslar ingliz, rus va o‘zbek tillarida o‘tiladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan grant asosida qabul qilinishi ham ko‘zda tutilgan.

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi
14 aprel 2021, 17:53

Jizzaxda 102 yoshli onaxon koronavirusga qarshi emlandi

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida 102 yoshli Suymaxol Zulimova koronavirusga qarshi emlandi.

Farg‘onada 28 nafar bolani Damas’da olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi
14 aprel 2021, 16:48

Farg‘onada 28 nafar bolani Damas’da olib ketayotgan haydovchi jarimaga tortildi

Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 28 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisi Damas’da uylariga olib ketilayotgani aniqlandi. Haydovchi tegishli guvohnoma va boshqa ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
14 aprel 2021, 16:14

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 4 so‘mga qimmatladi va jami 10 497 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz qimmatladi.

Maktab va oliygohlarda «Moliyaviy savodxonlik» fani o‘qitiladi
14 aprel 2021, 15:43

Maktab va oliygohlarda «Moliyaviy savodxonlik» fani o‘qitiladi

Prezident farmoniga asosan umumta’lim maktablari o‘quvchilari hamda OTM talabalari uchun «Moliyaviy savodxonlik» o‘quv kursini fan sifatida joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Toshkentdagi YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi
14 aprel 2021, 15:23

Toshkentdagi YTHda mototsikl haydovchisi vafot etdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia va mototsikl to‘qnashuvi oqibatida 30 yoshli erkak halok bo‘ldi.

MSK prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshladi
14 aprel 2021, 13:47

MSK prezident saylovlariga tayyorgarlikni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqladi. Dastur pandemiyani hisobga olgan holda huquqiy madaniyat va saylovchilar faolligini oshirish, AKTni saylov jarayoniga joriy etish va saylovga tayyorgarlik vazifalarini belgilaydi.

Samarqandda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxsga jinoyat ishi ochildi
14 aprel 2021, 12:42 1

Samarqandda o‘z uyida qimorxona ochgan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Payariq tumanida fuqaro o‘z xonadonida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yin tashkil etgani aniqlandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi bilan ish ochilib, u protsessual tartibda ushlandi.

Byudjet taqsimotida fuqarolarga ko‘proq imkoniyat beriladi
14 aprel 2021, 12:15

Byudjet taqsimotida fuqarolarga ko‘proq imkoniyat beriladi

May oyidan 14 ta tuman (shahar)da byudjet xarajatlarining 5 foizi jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 1 iyuldan jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga ajratiladigan tuman (shahar)lar byudjetlari qo‘shimcha mablag‘larining eng kam miqdori 10 foizdan 30 foizga oshiriladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting