Toshkent shahar Ziyolilar ko‘chasidagi «Uzavtotrans» binosi qarshisida 33 yoshli N.M. boshqaruvidagi «Nexia», 30 yoshli A.A. boshqaruvidagi «RS200S» mototsikli bilan to‘qnashdi. YTH 14 aprel kuni taxminan soat 08.20 da sodir bo‘lgan, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

To‘qnashuv oqibatida mototsiklchi badan shikastlari sababli voqea joyida vafot etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga yengil avtomobil haydovchisi qayta burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo‘lgan transportni mensimaganligi sabab bo‘lgan.

Mazkur fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

YHXBB burilish va qayta burilishlar vaqtida e’tiborli bo‘lib, harakat hech kimga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qilish kerakligi eslatib o‘tdi. Mototsiklchilar xavfli zonani kesib o‘tishda oldindan tezlikni kamaytirishga chaqirilmoqda.