Farg‘ona viloyatida Damas avtomashinasida 28 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilarini tashigan haydovchi jarimaga tortildi. Yo‘lovchilarning oldingi o‘rindig‘ining o‘zida 5 nafar bola bo‘lgan, deb xabar beradi MY5 kanali.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi tomonidan to‘xtatilgan Damas haydovchisi bolalarni uyiga olib ketayotganini aytgan.

Fuqaroda haydovchilik guvohnomasi va boshqa zarur hujjatlar bo‘lmagan. Avtomobil hozirda jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bolalarni bog‘chadan necha marta shu tarzda uyga olib ketilgani noma’lum.