Saylov-2021

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi
14 avgust 2021, 13:30

MSK 5 ta partiyaga saylovda ishtirok etishga ruxsat berdi

Shanba kuni Markaziy saylov komissiyasi beshta siyosiy partiya — Ekologik partiya, XDP, O‘zLiDeP, “Milliy tiklanish” va “Adolat” partiyalariga oktyabrdagi prezident saylovida qatnashishga ijozat berdi. Ular 9 sentyabrga qadar o‘z nomzodini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi
11 avgust 2021, 16:53

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi

Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning prezident saylovida qatnashishi uchun 49 ta davlatda 54 ta statsionar va 316 ta ko‘chma saylov punkti tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida yagona saylov uchastkasi bo‘ladi. Hozirgacha xorijdagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati ham shakllantirildi.

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov
9 avgust 2021, 11:39

Mislsiz islohotlar o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi — Abdulla Aripov

«Biz juda tez amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga ko‘nikib qoldik. Ularning mohiyatini anglashga ulgurmayapmiz. Mislsiz islohotlar aynan shunday bo‘lishi kerakdek va shu ishlar o‘z-o‘zidan bo‘layotgandek qabul qilyapmiz» — dedi Abdulla Aripov O‘zLiDeP siyosiy kengashining navbatdagi majlisida. Barcha islohotlar zamirida Shavkat Mirziyoyevning qat’iyati mujassam, deya ta’kidladi u.

«Bizning maqsadimiz bitta — prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish» — XDP raisi
9 avgust 2021, 10:16

«Bizning maqsadimiz bitta — prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish» — XDP raisi

Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov partiyaning maqsadi hukumatni egallash, ya’ni prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lish ekanligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, saylovlarda xalq ayollarga ko‘proq ovoz beradi. «Ana shu nuqtayi nazardan biz nomzodimizni to‘g‘ri tanladik, deb o‘ylayman. Bu bizning saylovlarda g‘alaba qozonishimizda bir qadam bo‘ldi, deb hisoblayman», — deydi u.

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK
7 avgust 2021, 17:42

Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi targ‘iboti va amaldagi vazifasi aralashib ketmasligi nazorat qilinadi — MSK

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV va blogerlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda amaldagi prezidentning vazifasi va saylovoldi targ‘iboti aralashib ketmasligi nazorat qilinishi aytildi. «Albatta, nomzodni saylovoldi targ‘iboti va o‘zining faoliyatini adashtirmasligimiz kerak. Lekin nazorat qilinadi», — dedi MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov. Komissiya a’zosi Sherzodxon Qudratxo‘ja esa Shavkat Mirziyoyevning tashrif va uchrashuvlari tagida piar emas, balki islohotlar yotganini ta’kidladi.

«Men faqat ayol ekanligim uchun nomzod bo‘lmadim» — Maqsuda Varisova
7 avgust 2021, 14:28

«Men faqat ayol ekanligim uchun nomzod bo‘lmadim» — Maqsuda Varisova

Prezident saylovlarida XDP nomzodi sifatida qatnashishi kutilayotgan Maqsuda Varisova saylovda g‘alaba qozonsa, avvalo ishsizlik va bandlik sohasida islohotlar qilishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, prezidentlikka nomzodlar orasida ayol kishining bo‘lishiga gender tenglik tamoyili sabab emas. «Xalq orasidan chiqqan oddiy bir ona, oddiy bir ayol bo‘lganim sababli ham, xalqimizni qiynab turgan muammolarni quyidan bilganim uchun ham meni tanlashdi, deb o‘ylayman», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi
7 avgust 2021, 11:18

Shavkat Mirziyoyev prezidentlik saylovlarida O‘zLiDeP partiyasidan qatnashadi

O‘zLiDeP partiyasi oktyabr oyidagi prezidentlik sayloviga amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev nomzodini ko‘rsatmoqchi ekanligini e’lon qildi.

XDP prezidentlik saylovlariga Maqsuda Varisovani nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
7 avgust 2021, 11:06 1

XDP prezidentlik saylovlariga Maqsuda Varisovani nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi

Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Varisova oktyabr oyidagi prezidentlik saylovlarida «Xalq» demokratik partiyasining nomzodi sifatida qatnashishi kutilmoqda.

«Saylovda g‘olib bo‘lishni niyat qilyapmiz» — Alisher Qodirov
6 avgust 2021, 14:16

«Saylovda g‘olib bo‘lishni niyat qilyapmiz» — Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonishni niyat qilayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, ushbu saylov avvalgilaridan farq qiladi. Shuningdek, u agar prezident etib saylansa, dastlab ta’lim va tarbiya sohalarida islohotlarni amalga oshirishini aytib o‘tdi.

«Milliy tiklanish» Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari suradi
6 avgust 2021, 11:52

«Milliy tiklanish» Alisher Qodirov nomzodini prezidentlik saylovlarida ilgari suradi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Alisher Qodirov nomzodi e’lon qilindi.

«Adolat» partiyasi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi
5 avgust 2021, 11:42

«Adolat» partiyasi prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

2021 yilgi prezidentlik saylovlariga «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi tomonidan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov nomzodi e’lon qilindi.

Ekopartiya prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi
4 avgust 2021, 12:42

Ekopartiya prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini e’lon qildi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan prezidentlik saylovlarida Narzulla Oblomurodov nomzod sifatida qatnashadi. Partiya prezidentlik saylovlarida ilk bora ishtirok etmoqda.

Prezident saylovi logotipiga imloviy tuzatishlar kiritildi
31 iyul 2021, 15:56

Prezident saylovi logotipiga imloviy tuzatishlar kiritildi

Markaziy saylov komissiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi baxs-munozaralardan so‘ng, prezident saylovi logotipiga ayrim imloviy tuzatishlar kiritdi. Qolaversa, ushbu logotipni yaratishga mablag‘ sarf etilmagani qo‘shimcha qilindi.

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi
29 iyul 2021, 18:21

Prezident saylovi uchun partiyalarning vakolatli vakillari ro‘yxatga olindi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi uchun beshta partiyaning vakolatli vakillarini ro‘yxatga oldi. Ular MSK majlislari, hujjatlarni topshirish, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganini tekshirish, ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida ishtirok etadi.

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK
26 iyul 2021, 14:49

YeXHTning maxsus missiyasi prezident sayloviga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov Ehtiyojlarni baholash missiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni bo‘yicha «juda ijobiy» xulosa berganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, missiya o‘tgan saylovlar bo‘yicha YeXHTning tavsiyalarini saylov amaliyotiga joriy etilishini ham ijobiy baholagan.

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida
24 iyul 2021, 14:31

«Bu qonun chiqaruvchilarimizga bog‘liq». MSK raisi o‘rinbosari prezidentlikka mustaqil nomzod ko‘rsatish haqida

Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov saylovchilar tashabbuskor guruhlari mustaqil ravishda o‘z nomzodini ko‘rsatish masalasini hal etish qonun chiqaruvchilarga bog‘liq ekanligini qayd etdi. Ushbu masala YeXHTning DIIHB missiyasining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ko‘tarilgan edi.

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?
23 iyul 2021, 17:51

Koronavirusga chalingan va karantindagi shaxslar saylovda qanday ovoz beradi?

Koronavirusdan davolanayotgan va karantinga olingan shaxslar O‘zbekiston prezidenti saylovida qatnashishlarini ta’minlash uchun maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlarning uylariga ko‘chma qutilar bilan tashrif buyurish rejalashtirilgan. Bunda muddatidan avval ovoz berish davridagi epidemiologik vaziyat inobatga olinadi.

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi
23 iyul 2021, 11:36

O‘zbekiston prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 24 oktyabrga belgiladi. Saylov kampaniyasiga 23 iyulda start berildi.

«Iyul oxirigacha kutishimiz kerak». Sherzod Asadov — prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida
21 iyun 2021, 16:04

«Iyul oxirigacha kutishimiz kerak». Sherzod Asadov — prezident sayloviga nomzodlar e’lon qilinishi haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovdan Shavkat Mirziyoyev takroran o‘z nomzodini prezidentlikka qo‘yishi va bu boradagi qarori haqida davlat rahbari qachon e’lon qilishini so‘rashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, saylovoldi jarayoni iyul oxirida boshlanadi. «Kim, qachon o‘z nomzodini ilgari surishini bilish uchun iyul oxirigacha kutishimiz kerak», — dedi u.

Prezident sayloviga jami 300 mlrd so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd so‘mdan ajratiladi
16 iyun 2021, 12:09

Prezident sayloviga jami 300 mlrd so‘m, har bir nomzodga esa 3 mlrd so‘mdan ajratiladi

Markaziy saylov komissiyasi oktabrdagi prezident saylovi Xarajatlar smetasini — 300 mlrd so‘m etib tasdiqladi. Unga ko‘ra, siyosiy partiyalarning tashviqot va targ‘iboti uchun 15 mlrd 486 mln so‘m, har bir nomzodga esa — 3 mlrd so‘mdan ajratiladi. Saylov jarayonida koronavirusga qarshi kurash uchun 11,5 mlrd so‘m sarflash rejalashtirilgan. Xarajatlar haqida batafsil.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting