Iqtisodiyot

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
7 aprel 2021, 16:18

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 11 so‘mga qimmatladi va jami 10 479 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham ko‘tarildi, rubl esa yana arzonladi.

YeOII doirasida O‘zbekiston farmatsevtikasi uchun ijobiy va salbiy tomonlar haqida Sardor Qoriyev
7 aprel 2021, 14:35

YeOII doirasida O‘zbekiston farmatsevtikasi uchun ijobiy va salbiy tomonlar haqida Sardor Qoriyev

«Bu kabi integratsiya, globalizatsiya bor ekan mahalliy ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash biroz qiyin», dedi O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Qoriyev YeOII integratsiyalashuvning kamchiliklari haqida. Plyus jihatlari orasida u «katta bozor», deya ta’kidladi u.

O‘zbekiston neft-gaz sohasida yirik loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi
6 aprel 2021, 19:00

O‘zbekiston neft-gaz sohasida yirik loyihalar bo‘yicha bitimlar imzolandi

6 aprel kuni Toshkentda 35 yilga mo‘ljallangan va taxminiy qiymati 2 mlrd dollarni tashkil qiladigan «Mustaqillikning 25 yilligi» loyihasiga moliyaviy mablag‘larni jalb etish bo‘yicha shartlar belgilab olindi. Shartnoma 10 yil muddatga 900 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdorda kredit liniyalarini jalb etish bo‘yicha imzolandi. Loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida tabiiy gaz zaxiralarini qidirish va qazib olish, hamda 5 mlrd kub metr quvvatga ega bo‘lgan gazni qayta ishlash zavodini qurish nazarda tutilgan (reklama huquqlari asosida).

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
6 aprel 2021, 17:02

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmiy kursi 15 so‘mga arzonladi va jami 10 468 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham arzonladi, yevro esa biroz ko‘tarildi.

Angren shina zavodi quvvatining 15 foizida ishlamoqda — Alisher Qodirov
6 aprel 2021, 16:25

Angren shina zavodi quvvatining 15 foizida ishlamoqda — Alisher Qodirov

Qiymati qariyb 157 mln dollar bo‘lgan «Birinchi rezinotexnika zavodi» quvvatining 15 foizida ishlamoqda. Zavod 2018 yil avgustida qurilgan, biroq sifat talabga javob bermagani uchun 100 mingta shina sotilmay qolgan, bu muddat davomida UzAuto Motors 60 mln dollarga shina sotib olgan. Parlament quyi palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov tashqi qarzlar qanchalik samarali sarflanayotganini so‘radi.

Gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston $618 mlngacha kredit jalb qilishi mumkin
6 aprel 2021, 15:08

Gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish uchun O‘zbekiston $618 mlngacha kredit jalb qilishi mumkin

Moliya vazirligi, «O‘ztransgaz», VEB.RF va «Gazprombank» O‘zbekistonning gaz-transport tizimini modernizatsiya qilishda hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Loyihaga 618 mln dollargacha kredit ajratilishi mumkin.

Phanes Group kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini quradi
6 aprel 2021, 13:54

Phanes Group kompaniyasi Navoiy viloyatida quyosh fotoelektr stansiyasini quradi

Phanes Group xalqaro kompaniyasi Navoiy viloyatining Nurota tumanida 200 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasini quradi.

Ukraina aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini amalga oshiradi
6 aprel 2021, 12:25

Ukraina aviakompaniyasi Kiyev-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslarini amalga oshiradi

Ukrainaning MAU aviakompaniyasi 8 apreldan 29 aprelgacha Kiyevdan Toshkentgacha va Toshkentdan Kiyevgacha charter reyslarini amalga oshiradi.

Makro rasman Samarqand Darvoza`dan ketdi
6 aprel 2021, 10:54

Makro rasman Samarqand Darvoza`dan ketdi

Carrefour brendi Samarqand Darvoza savdo markazidagi Makro o‘rnida o‘z supermarketining ochilishi haqida xabar bergan edi. Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro`ning mazkur masala bo‘yicha da’volarini qondirmadi.

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi
5 aprel 2021, 16:30

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Dollarning rasmiy kursi 10 so‘mga qimmatladi va jami 10 483 so‘m etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari esa biroz arzonladi.

O‘zbekiston aeroportlarida asosiy yig‘im va tariflar 27 foizga pasaytirilmoqda
5 aprel 2021, 15:59

O‘zbekiston aeroportlarida asosiy yig‘im va tariflar 27 foizga pasaytirilmoqda

Uzbekistan Airports xorijiy aviakompaniyalar uchun havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun asosiy yig‘im va tariflarni pasaytiradi. Ushbu qaror havo transporti orqali sayohat qilishni jamoatchilik uchun yanada qulayroq qilishi kutilmoqda.

Oltin yilning birinchi kvartalida rekord darajada arzonladi
2 aprel 2021, 17:29

Oltin yilning birinchi kvartalida rekord darajada arzonladi

Yilning birinchi kvartalida oltin narxi 10% ga, 2020 yil avgustidan buyon esa 19% ga arzonlab, pandemiyagacha bo‘lgan darajagacha tushdi. Bu 1982 yildan beri ushbu davr uchun rekord pasayish bo‘ldi.

Dollarning rasmiy kursi ozgina ko‘tarildi
2 aprel 2021, 16:15

Dollarning rasmiy kursi ozgina ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 0,16 so‘mga qimmatladi va jami 10 472 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi ham biroz qimmatladi, rubl esa arzonladi.

Pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining kamayishiga sabab bo‘la olmadi
2 aprel 2021, 12:02

Pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining kamayishiga sabab bo‘la olmadi

Jahon banki tahlilchilari pul o‘tkazmalari hajmi 19,7 foizga qisqarishini prognoz qilgandi. Shunga qaramay, pandemiya O‘zbekistonga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalarining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatmadi.

O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi
2 aprel 2021, 11:30

O‘zbekistonda birinchi shamol elektr stansiyasi qurilishi boshlandi

BAAning «Masdar» kompaniyasi Zarafshonda shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. 2024 yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilayotgan mazkur stansiya 1,5 mln xonadonga yetarli hajmda elektr energiyani ishlab chiqarishi ko‘zda tutilgan.

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»
2 aprel 2021, 11:26

Jahon banki: «Eng muhim vazifa — islohotlarning inklyuzivligi va shaffofligi»

2021 yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sishi 4,8% gacha tiklanishi kutilmoqda. Kambag‘allikni qisqartirish uchun aholining rasmiy bandligi, fuqarolarning daromadlari va iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish lozim, deyiladi Jahon banki hisobotida. Ekspertlar 2021 yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMning 42 foizini tashkil etishini ham prognoz qilmoqda.

Dollarning rasmiy kursi pasaydi
1 aprel 2021, 16:32

Dollarning rasmiy kursi pasaydi

Dollarning rasmi kursi 13 so‘mga pasaydi va jami 10 472 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham arzonladi.

Mart oyida inflyatsiya 0,8% ni tashkil qildi
1 aprel 2021, 11:37

Mart oyida inflyatsiya 0,8% ni tashkil qildi

Mart oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,4 foizga qimmatladi.

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
31 mart 2021, 16:13

Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Dollarning rasmi kursi 10,68 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 485,66 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.

O‘zbekiston 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplamoqchi
31 mart 2021, 02:53

O‘zbekiston 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplamoqchi

O‘zbekiston O‘zbekiston-Vengriya Kartoshkachilik ilmiy markazi yordamida 50 dan ortiq navlarni mahalliylashtirish va kartoshkachilik genofondini yaxshilash orqali 2024 yilga kelib, urug‘lik kartoshka bo‘yicha import o‘rnini to‘liq qoplashni maqsad qilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban mazkur markazga tashrif buyurdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting