Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 2 apreldan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 13,15 so‘mga pasaydi va 10 472,51 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 3,90 so‘mga pasaydi va 12 294,73 so‘m deb baholandi;
  • 1 Rubl 0,75 so‘mga arzonladi va 137,91 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin dollar kursi 10 so‘mga pasayib, jami 10 485 so‘mni tashkil qilgandi.