Siyosat

dayjest

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Qambarota GES qurilishi va ekspluatatsiyasiga tayyorgarlik bo‘yicha bitim imzoladi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Energetika vazirliklari Qambarota GES-1 qurilishi va ekspluatatsiyasi loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik bo‘yicha uch tomonlama bitim imzoladi. Uni qurish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi donorlik qo‘mitasi tuzildi, uning tarkibiga Jahon banki, OTB, YeTTB va boshqalar kiradi.


dayjest

“Odamlar rasmiylarni ochiqchasiga tanqid qila olishi kerak” — HRW

Human Rights Watch tashkiloti O‘zbekistonni prezidentni onlayn haqoratlash jinoyatini bekor qilishga chaqirdi. Tashkilotga ko‘ra, “odamlar ochiq, repressiyadan qo‘rqmay tanqid qila olishi kerak”. Huquq faollari prezidentni tuhmat va haqorat qilganlik uchun alohida javobgarlik belgilash shart emasligini aytmoqda.


dayjest

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sardor Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev AQSh savdo vakili bilan hamkorlikni chuqurlashtirishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti AQSh savdo vakili Ketrin Tay bilan uchrashib, mamlakatning JSTga a’zo bo‘lishi, GSP tizimini qayta tiklash, C5+1 formati hamda Savdo va investitsiyalar bo‘yicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi.


dayjest

Koreya Respublikasi prezidenti 13−15-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol 13−15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrif doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, O‘zbekiston-Koreya strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, qo‘shma biznes forumi o‘tkazish rejalashtirilgan.


Iqtisodiyot

dayjest

May oyida aholining inflyatsion kutilmalari o‘zgarishsiz qoldi, biznesniki esa pasaydi

O‘zbekistonda aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari may oyida 14 foizni tashkil etdi va o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qoldi. Tadbirkorlarning kutilmalari esa pasaydi. Aholi uchun ham, biznes uchun ham kutilmalardagi asosiy omil kommunal xizmatlarning qimmatlashishi bo‘lib turibdi.


dayjest

“Navoiyazot” narx manipulyatsiyasi orqali 20,5 mlrd so‘m daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi “Navoiyazot” ishlab chiqargan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja orqali sotilishida narx manipulyatsiyasi holatlarini aniqladi. Mineral o‘g‘itlar bozorida ustun mavqega ega jamiyat jami 20,5 mlrd so‘m asossiz daromad olgan.


Jamiyat

dayjest

“Vaziyat nazorat ostida”. “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqdi (+video)

Qashqadaryodagi “Hisorak” suv omboridagi texnik tadbirlar vaqtida to‘g‘ondan suv sizib chiqdi. FVV hodisada hech kim jarohatlanmagani, suv omboriga shikast yetmagani va vaziyat to‘liq nazorat ostida ekanini bildirdi.


dayjest

O‘zbekistonda Qurbon hayiti 16-iyunda nishonlanadi

Prezident qaroriga ko‘ra, Qurbon hayiti 16-iyun — yakshanba kuni nishonlanadi. Haftasiga 5 kun ishlaydigan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi: 17-iyun ko‘chirilgan dam olish kuni, 18-iyun esa barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.


dayjest

Tojikistondagi zilzila kuchi yana O‘zbekiston janubida sezildi

Tojikistonda sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida 2−3 ball darajasida sezildi. Yer silkinishi bir kun avval ham xuddi shu hududlarda qayd etilgandi.


dayjest

O‘zbekistonning qator hududlarida chigirtkalarga qarshi kimyoviy kurash olib borilmoqda (video)

Tarmoqlarda yo‘llarda chigirtkalar to‘dasi uchib yurgani aks etgan videolar tarqaldi. O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Buxoro va Samarqand hududlarida ularga qarshi kimyoviy kurash olib borilayotgani, chigirtkaning bu turi faqat saksovul bilan oziqlanishini bildirdi.


dayjest

“Hech qanday favqulodda vaziyat sodir bo‘lmagan” — FVV rahbari “Hisorak” suv omboridagi holat haqida

Favqulodda vaziyatlar vaziri Abdulla Qo‘ldoshev “Hisorak” suv omborida hech qanday favqulodda holat yuz bermaganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, 10-iyun kuni suv omborida suv tashlash ishlari amalga oshirilgan, inshootdagi ishlar esa oldindan rejalashtirilgan tizimda davom etmoqda.


dayjest

Samarqandda Damas yo‘l chetidagi 2 nafar piyodani urib ketdi

Toyloq tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Damas ikki nafar piyodani urib yubordi. Voqea sabab piyodalar va Damas ichidagi yo‘lovchi jarohat oldi.


dayjest

Buxoroda bolasini 2 yildan buyon kaltaklab kelgan ayol 3 yilga qamaldi

Shofirkon tumanida bolasini ikki yildan buyon kaltaklab, qiynab kelgan ayol 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. 6 yoshli bolaga vasiy tayinlanib, unga topshirildi. Bolalar ombudsmani ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ham ko‘rilayotganini bildirdi.


dayjest

JIB tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

️Prezident farmoni bilan jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ularga sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati beriladi.


dayjest

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sudlangan

O‘zbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar fuqaro sudlangan. Ularning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 42 nafariga esa shartli va ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Jinoyat oqibatida, jumladan, 24 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar jabrlangan.


dayjest

Navoiydagi YTH oqibatida 6 kishi vafot etdi

Nurota tumanida Onix avtomobili Damas`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida qarama-qarshi yo‘nalishdagi Gentra bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir oilaning 5 a’zosi (xususan, 2 yoshli bola va 2 oylik qiz) hamda bir haydovchi vafot etdi.


dayjest

Sergelidagi avtoservisda yong‘in chiqib, 3 ta avtomobil zararlandi (video)

Poytaxtning Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda avtoservisning ichki qismi va 3 ta avtomobil yonib zararlandi. FVB jarohatlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini qayd etdi.


dayjest

“Gazeta.uz” O‘zbekiston futbol terma jamoasining Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan yo‘li haqida hujjatli film tayyorlamoqda

Film O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadadagi tarixiy ishtiroki tomon bosib o‘tgan yo‘li haqida hikoya qiladi.


dayjest

Toshkentda 3 ta mashina va miniven to‘qnashdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 ta transport vositasi ishtirokida YTH yuz berdi. To‘qnashuvda hech kim jarohatlanmadi.


dayjest

“Hisorak” suv omboridagi holat haqida yolg‘on xabarlar tarqatgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qashqadaryo viloyati IIB “Hisorak” suv omboridan suv sizib chiqish holati haqida internetda yolg‘on xabar tarqatib, “odamlarning tinchini buzib, fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan” shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.


Jahon

dayjest

BMT Xavfsizlik kengashi AQShning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi AQSh prezidenti Jo Baydenning G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasiga rozilik bildirishga chorlovchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi. Ovoz berishda qatnashgan mamlakatlarning 14 tasi hujjatni yoqladi.


dayjest

Malavi vitse-prezidenti aviahalokatda vafot etdi

Malavi (Afrika) vitse-prezidenti Saulos Chilima va yana 9 kishi bo‘lgan samolyot qulab, bortdagilarning barchasi halok bo‘ldi. 10 yildan beri ushbu lavozimda ishlab kelgan Chilima navbatdagi saylovlarda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgandi.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!