11-iyun kuni Sardor Shuxratovich Shukurullayev Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Sardor Shukurullayev 1991-yilda tug‘ilgan. 2012-yilda O‘zbekiston xalkaro Islom akademiyasi (bakalavr) va 2014-yilda O‘zbekiston Milliy universiteti (magistratura)ni tamomlagan.

U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq-servis” davlat unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borgan. Yangi lavozimda Shukurullayev 2021-yilning 28-aprelidan buyon ishlab kelayotgan Sindor Raxmonqulovning o‘rnini egalladi.