11-iyun kuni tushdan keyin Toshkent shahri Sergeli tumanidagi avtosalon oldida joylashgan avtoservisda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt FVB.

Qayd etilishicha, soat 13:24 da boshqarmaga holat to‘g‘risida chaqiruv kelib tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:33 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 13:44 da qurshab olingan va soat 13:51 da o‘chirilgan.

Avtoservisning ichki qismi va undagi 3 ta avtomobil yonib zararlandi. Hodisa sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi boshqarma xabarida. Voqea joyiga shahar va tuman FVB rahbarlari chiqdi.