11-iyun kuni Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 09:13 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda — 4,3. Chuqurlik — 25 km. Epitsentri Toshkentdan 400 km janubi-g‘arbda.

Hodisa kuchi Surxondaryo viloyatidagi tumanlarda, jumladan, Sho‘rchi (2−3 ball), Uzun, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy, Jarqo‘rg‘on, Denov va Bandixon tumanlarida (2 ball) sezildi.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni ertalab ham Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila Surxondaryo viloyatida sezilgandi. Viloyat tumanlarida sezilish kuchi 2 ballni tashkil qilgan.