Martda aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari biroz pasaydi. Valyuta kursi o‘zgarishidan xavotirlar kuchaydi
Mart oyida O‘zbekiston aholisining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari 12,8 foizgacha (-0,2 foiz), tadbirkorlarning kutilmalari esa 12,2 foizgacha (-0,5 foiz) pasaydi. Aholining valyuta kursi o‘zgarishi va narxlarning sun’iy oshirilishi bilan bog‘liq xavotirlari kuchaydi.
9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
16−17-aprel kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkin. Yomg‘ir suvlari to‘planib, hududlarni suv bosishiga olib kelishi xavfi ham mavjud.
Chorshanbadan yog‘ingarchilik to‘xtab, harorat ko‘tariladi
Dushanba va seshanba kunlari O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Chorshanbadan boshlab havo harorati asta-sekin isiydi va ish haftasi oxirida +25…+31 darajaga yetadi.
16−22-aprel kunlari 6 ta hududda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 16−22-aprel kunlari O‘zbekistonning 6 ta viloyatida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Toshkent viloyatining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Talafot ko‘rilmagani aytilmoqda
Shanba kuni kuzatilgan kuchli yomg‘ir sababli Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘iga sel keldi. Suv hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqdi. Toshkent viloyati hokimligi hodisa oqibatida hech qanday talafot aniqlanmaganini bildirdi.
Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga va teskari yo‘nalishdagi bitta reysni bekor qildi
Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi.
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda — TIV
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi. Bu keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin, — deyiladi bayonotda.
“Prezident jamoasida ortga qaytish haqida o‘ylaydiganlar ishlamaydi” — Jamshid Qo‘chqorov
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston hukumati yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni boshlashini aytdi. Qonun va qoidalarni buzgan tadbirkorlar tartibga chaqiriladi. U buni “ortga qaytish” sifatida ko‘rmaslik kerakligini, “Prezident jamoasida bu haqda o‘ylaydigan odamlar ishlamasligini” ta’kidladi.
Qizil chiroqda “Tez yordam"ga yo‘l bergan haydovchining jarimasi bekor qilindi va taqdirlandi
Toshkentning Chilonzor tumanida svetoforning qizil chirog‘i yongan vaqtda qoidani buzib, “Tez yordam” mashinasiga yo‘l bergan Cobalt haydovchisining uyiga jarima xati bordi. Holat o‘rganilib, fuqaroga yozilgan jarima bekor qilindi. Haydovchi shahar IIBB tomonidan taqdirlandi.
Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vazirining maslahatchisi bo‘ldi
O‘zbekiston xalq artisti Jenisbek Piyazov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining madaniyat hamda san’atni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Mazkur lavozim jamoatchilik asosida joriy etilgan va unga haq to‘lanmaydi.
Jizzaxda OIV infeksiyali ikki shaxs boshqalar bilan jinsiy aloqa qilgani aniqlandi
Jizzax viloyatida OIV bilan kasallangan ikki shaxs qasddan boshqalar bilan jinsiy yaqinlik qilgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
“Biz bozorning 25 foizini egallamoqchimiz” — ADM Jizzakh avtomobil zavodi rahbari
ADM Jizzakh avtomobil zavodi O‘zbekiston bozorining kamida 25 foizini egallash niyatida, deya ma’lum qildi kompaniya bosh direktori Doniyor Davletyarov. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda milliy avtomobil ham yaratish reja qilinmoqda.
Prezident sirdaryolik bog‘bonga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi
Uzoq yillardan buyon uzum yetishtirib kelayotgan sirdaryolik bog‘bonga prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili topshirildi. Tursunboy ota Aripovning aytishicha, davlat rahbari undan mahalladagi uzum yetishtiruvchilarga murabbiylik qilishni so‘ragan.
Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu avtobusi xarid qilindi
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri jamoat transporti uchun 20 ta Isuzu HC 45 rusumli avtobus xarid qilindi. Ammo 2018-yildan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan shahar yo‘lovchi avtomashinalarini xarid qilish taqiqlangan.
Defektolog Dilorom Jabborovaning tergov vaqtida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgan — bolalar ombudsmani
Firibgarlikda gumonlanib, tergovga jalb qilingan defektolog Dilorom Jabborova “Ovoz” nomli markaz ochgani haqida xabar tarqaldi. Bolalar ombudsmani muassasa unga tegishli emasligini, uning tergov davomida bolalar duduqlanishi muammosiga oid faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Jahon banki 2024-yilda O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti o‘sishi prognozini biroz pasaytirdi
Jahon banki O‘zbekistonda 2024-yilda YAIM o‘sishi prognozini 5,5 foizdan 5,3 foizga qayta ko‘rib chiqdi. JB keltirgan xavf-xatarlar orasida Rossiya va Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, shuningdek, davlat korxonalari hamda banklarining potensial moliyaviy majburiyatlarining oshishi kiradi.
O‘zbekistonlik o‘smirlar zamonaviy beshkurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 2 ta medal oldi
O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyada o‘tgan zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Fors ko‘rfazi davlatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi katta urushdan qo‘rqmoqda — Reuters
Fors ko‘rfazi davlatlari Isroil va Eron o‘rtasida keng ko‘lamli urush bo‘lishidan qo‘rqmoqda, chunki vaziyatga ularning o‘zlari ham jalb qilinishi xavfi mavjud. Ular AQSh bilan birgalikda Tel-Aviv hamda Tehronga bosim o‘tkazmoqda, deb yozdi Reuters.
Martda sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi. Eng ko‘p yonilg‘i va meva-sabzavot narxlari oshgani sezildi
O‘zbekistonda mart oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etdi (fevralga nisbatan o‘zgarishsiz). Aholi eng ko‘p yonilg‘i, meva-sabzavotlar, go‘sht va sut narxi oshganini sezdi. Shakar va qandolat narxi oshganini qayd etgan respondentlar ko‘paydi.
O‘zbekiston va Hindiston yana qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
O‘zbekiston va Hindiston harbiylari “Do‘stlik” qo‘shma mashg‘ulotlarining beshinchi bosqichini boshladi. Bu yil mashqlar Surxondaryodagi “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tmoqda. Jarayon doirasida Hindiston armiyasi shtabi boshlig‘i Manoj Pande O‘zbekistonga keldi.
Qozog‘iston prezidenti oiladagi zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan qonunni imzoladi
Qosim-Jomart Toqayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan qonunni imzoladi. Qonun bilan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda.
Jamshid Qo‘chqorov — banklarni xususiylashtirish qanday ketayotgani haqida
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov hukumat “O‘zsanoatqurilishbank” xususiylashtirilishini tezlashtirish ustida ishlayotganini, may oyida “Asakabank"ni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha YeTTB bilan kelishuv imzolanishi reja qilinganini bildirdi. Shuningdek, Islom moliyasi bo‘yicha ishlar ko‘lami kengayadi.
Singapur bosh vaziri iste’foga chiqmoqda
Singapur bosh vaziri Li Syan Lun yigirma yillik hokimiyatdan so‘ng 15-may kuni o‘z lavozimini tark etadi. Uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Lorens Vong tayinlanadi.
“Dronlardan foydalanish madaniyati hali biz tasavvur qilgan darajada emas” — “Madad” NNT vakili
Hukumatda “aholi drondan foydalanish madaniyatiga hali to‘la tayyor emas” degan nuqtai nazar bor. “Hozir ommaviy foydalanishga ruxsat bersak, odamlar bir-birining uyida qilayotgan ishini ham dronlar orqali tarmoqlarga chiqarib yuborishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi “Madad” NNT vakili Islombek Abdurahimov.
O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari ingliz tiliga tarjima qilindi
Tarjimonlar Mark Riz va Abdulloh Ro‘ziyev O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissalarining ingliz tiliga tarjimasini taqdim etdi. Nashr sharafiga Nyu-York metrosida reklama joylashtirildi. “Gazeta.uz” tarjimonlar bilan o‘zbek yozuvchisi ijodi va tarjima ustidagi ishlar haqida suhbatlashdi.
Prezident Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari muloqoti delegatlarini qabul qildi
Prezident “Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqoti yig‘ilishiga kelgan, jumladan, Qatar, Saudiya Arabistoni, O‘mon va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlarini qabul qildi. Tomonlar iqtisodiy hamkorlik, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi.
Rossiyada O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv sodir bo‘ldi (+video)
Moskvadagi qurilish maydonida sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuvda o‘zbekistonlik 10 nafar, tojikistonlik 13 nafar migrant qo‘lga olindi. Janjal qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli kelib chiqqan. Hech kim og‘ir jarohat olmagan, ularga nisbatan ma’muriy jarima tayinlangan.
Jizzaxda fuqaroni AQShga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan shaxslar fuqaroni 18 ming dollar evaziga AQShga jo‘natishni va’da qilgani aniqlandi.
“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maxsus materiallar:
“Dok-1 Maks” ishi: Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish boshlandi
Fevralda “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudi tugab, 23 ayblanuvchiga hukm o‘qilgandi. Hukmdan norozi yetti sudlanuvchi apellyatsiya shikoyati kiritdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida apellyatsiyani ko‘rib chiqish 15-aprel kuni davom ettirildi. Tafsilotlar — “Gazeta.uz” reportajida.