Jizzax viloyatida odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) bilan kasallanganini bila turib, boshqa shaxslar bilan jinsiy yaqinlik qilganlar aniqlandi, deya xabar qilmoqda Sanepidqom.

Xususan, Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol o‘z uyida o‘zida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yana bir holat Sharof Rashidov tumanida qayd etilib, 34 yoshli erkak o‘zida OIV borligini bilsada shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, yashirincha 29 yoshli ayol bilan yashab kelgan va kasallikni jinsiy yo‘l bilan ushbu ayolga yuqtirgan.

“Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, OIV aniqlangan bemorlarni ushbu kasallikni qasddan yuqtirganlik uchun qonunchilikka ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortilishi belgilanganligi to‘g‘risida ogohlantiradi”, — deyiladi xabarda.