daйжест

Bir oyning o‘zida ham ko‘klam, ham qahraton. Chuvilloq qishlog‘idan Xolida Musulmon fotohikoyasi

O‘zbekistonda fevral bahoriy iliqlik bilan boshlanib, yarim oyda qishligini eslab qoldi. Xususan, Jizzaxning Chuvilloq qishlog‘ida ham yashillikka burkangan qirlarni yana qor bosdi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Xolida Musulmon qadrdon qishlog‘ida bir oyda kuzatilgan ikki fasl tarovatini kadrlarga muhrladi.


daйжест

Buxoro tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi vafot etdi

Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.


daйжест

Qozog‘iston Majilisi mamlakatda Starlink`dan foydalanishga ruxsat berdi

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.


daйжест

O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar

2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.


daйжест

Humo Air 10-martdan mahalliy reyslarni vaqtincha to‘xtatadi

Humo Air aviakompaniyasi 10-martdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab ichki reyslarni vaqtincha to‘xtatishini ma’lum qildi. Loukoster tez orada xalqaro yo‘nalishlarda reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.


daйжест

Prezident Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonga boradi

Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.


daйжест

Prezident 2024-yilga mo‘ljallangan muqobil energiya bo‘yicha rejalardan norozi bo‘ldi

Prezident Energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.


daйжест

“Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot yo‘li”. Prezident Amudaryo tumanida yangi ko‘prikni ochib berdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi ko‘prikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. “Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir”, — dedi prezident.


daйжест

O‘zbekistonda qotilliklarning qariyb 40 foizi oilaviy nizolar sabab sodir etilgan

O‘zbekistonda 2023-yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.


daйжест

Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova haykali quriladi, bu reja 2 yil oldin kechiktirilgandi

Toshkent viloyati hokimi Nurafshon shahrida Zulfiya Zokirova majmuasi qurilishi uchun 1 mlrd so‘m ajratishni ma’qulladi. Qarorni izohlagan hokimlik vakili bunday ishlar dunyo tajribasida borligini ta’kidladi. Zoyir Mirzayevning o‘zi 2021-yilda sobiq hokimning shu mazmundagi qarorini bekor qilgandi.


daйжест

AQShda uchinchi shtat ham Trampga saylovda qatnashishni taqiqladi

Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.


daйжест

Toshkent va Mumbay o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Aprel oyida Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetadi.


daйжест

Nodirbek Abdusattorov dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoriga kirdi

Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda dunyoning eng kuchli 10 shaxmatchisi qatoridan joy oldi va O‘zbekiston tarixida ushbu muvaffaqiyatga erishgan birinchi shaxmatchi bo‘ldi.


daйжест

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Esto niyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

O‘zbekistonning Latviya, Litva, Finlyandiya va Estoniyadagi elchisi Qadambay Sultonov faoliyatini yakunladi. U mazkur davlatlarda 2019−2024-yillar davomida faoliyat yuritdi.


daйжест

O‘zbekistonda odam va hayvonlarga oid kasalliklarga qarshi kurashish uchun yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi

USAID, FAO va Veterinariya qo‘mitasi O‘zbekistonda transchegaraviy hayvonlar kasalliklari, jumladan, zoonotik kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyiha boshladi. Bunda “Yagona salomatlik” yondashuvi COVID-19 pandemiyasi kabi ehtimoliy inqirozlarga tayyorgarlikni oshiradi.


daйжест

Toshkentda “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi

7-mart kuni poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz”da “Savitskiy kundaliklari. Qadimiy va navqiron” multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Unda Igor Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi kolleksiyasidagi Markaziy Osiyo an’analari va madaniyati hamda XX asr tarixiy voqealarini aks ettirgan asarlar namoyish etiladi.


daйжест

Umumiy ovqatlanish uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasi joriy etilishi mumkin

Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun aylanmadan yagona soliq yoki QQSning pasaytirilgan va hisobga olinmaydigan stavkasini joriy etish taklif qilinmoqda. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov umumiy ovqatlanish korxonalariga QQS bo‘yicha yagona soliq solish tartibi joriy etishni taklif qildi.


daйжест

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari jazoni manzil koloniyada o‘tamoqda

2021-yil dekabr oyida 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov 2023-yilning may oyidan buyon jazo muddatini manzil koloniyada o‘tamoqda, deya tasdiqladi Oliy sud.