Eronda yengil atletika bo‘yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 tadan kumush va bronza — jami 4 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘pkurash dasturida 666 ochko jamg‘argan Zahriddin Shokirov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uch hatlab sakrash sektorida qatnashgan Ivan Denisov 16.18 metr bilan bronza medali sohibiga aylandi. Ayollar o‘rtasida yadro uloqtirish bahsida ishtirok etgan Malika Nasriddinova chempionatda 15.42 metr natija ko‘rsatib, kumush medal oldi. 2-bronza medalga 4×400 metrga estafeta bahsida ayollar jamoasi ega chiqdi.

yengil atletika, осиё chempionati, спорт, эрон

Zahriddin Shokirov (ko‘pkurash).

yengil atletika, осиё chempionati, спорт, эрон

Ivan Denisov (uch hatlab sakrash).

yengil atletika, осиё chempionati, спорт, эрон

Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish).

yengil atletika, осиё chempionati, спорт, эрон

4x400 metrga estafeta, ayollar (bronza medal).