dayjest

“Biz „Dok-1 Maks“ ishi bo‘yicha hamkorlikka tayyormiz”. Bolalar ombudsmani — jabrlangan va vafot etgan bolalarning ota-onalariga kompensatsiya to‘lash haqida

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova “Dok-1 Maks” siropi ishida ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Undan foydalanish oqibatida O‘zbekistonda kamida 69 bola halok bo‘lgandi.


dayjest

O‘zbekistonlik ziyoratchilar Umradan qaytishda qiyinchilikka uchragani yuzasidan ish ochilishi mumkin

Turizm qo‘mitasi Umra xizmatlarini litsenziyasiz ko‘rsatgan kompaniyalarning ma’lumotlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilayotganini bildirdi. Shuningdek, xizmatlarni sifatsiz ko‘rsatilganidan jabr ko‘rgan ziyoratchilarga moddiy va ma’naviy zarar sud qarori bilan undirib berilishini eslatib o‘tdi.


dayjest

Ramazon Ashrapov IIV rahbari o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi

Ramazon Ashrapov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi. U shu paytga qadar Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.


dayjest

Ohangaron hokimi iste’fosini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirdi va kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘radi

2020-yilning iyunidan beri Toshkent viloyati Ohangaron shahriga hokimlik qilib kelgan Akrom Eshonqulov lavozimini tark etgani haqida e’lon berdi. “Ish jarayonida birontangizni ranjitgan bo‘lsam, barchalaringizdan uzr so‘rayman. Xayr jonajon shahrim”, — deb yozdi u.


dayjest

Prezident dorilarni elektron retsept asosida berish va 300 ta klinik protokolni yangilash bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident mutasaddilarga 300 ta klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimini ishga tushirish, dorilarni elektron retsept asosida berishni yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirdi.


dayjest

2022-yilgi PISA natijalari ta’limda qilinadigan ishlar hali ko‘pligini aniq ko‘rsatdi — prezident

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda maktab va maktab ta’limiga 46 trln so‘m ajratilayotgani, ammo matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha 2022-yilgi PISA dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar ko‘pligini aniq ko‘rsatgani haqida gapirdi. O‘zbekiston tadqiqotning har uch yo‘nalishida oxirgi o‘ntalikdan joy olgan.


dayjest

Parijda yo‘ltanlamas avtomobillar uchun “parkovka” to‘lovlari uch baravar oshiriladi

Parijliklar yo‘ltanlamaslar uchun avtoturargohlar narxini uch barobar oshirish tartibini qo‘llab-quvvatladi. Fransiya poytaxti rasmiylari shu yo‘l bilan ushbu turdagi avtomobillarning havoni ifloslantirishiga qarshi kurashib, yo‘l harakati xavfsizligini yaxshilashni istamoqda.


dayjest

Vengriyada Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasiga doir parlament yig‘ilishi to‘xtatildi

Vengriyaning hukmron partiyasi a’zolari Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan parlament yig‘ilishini boykot qildi. Vengriya Yevropa Ittifoqidagi hali arizani ma’qullamagan so‘nggi davlat hisoblanadi.


dayjest

O‘zbekiston 2023-yilda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Oltin bo‘yicha sof savdo 25 tonnadan ortiqni tashkil etib, birinchilikni egallagan Qozog‘istondan ikki barobar kam ko‘rsatkichni qayd etdi. Shuningdek, mamlakat dekabr oyida 9 tonna oltin xarid qildi.


dayjest

Ayubxon Yunusov O‘zbekistonning Kuvaytdagi elchisi bo‘ldi

O‘zbekiston TIVning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Yunusov mamlakatning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi. 50 yoshli diplomat 2016−2022-yillarda elchi bo‘lib ishlagan Bahromjon Aloyev o‘rnini egalladi.


dayjest

Bektemir tumani hokimi lavozimidan ozod etildi

2021-yildan buyon Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Tapil Mahamadziyayev lavozimidan ozod qilindi. Yanvarda prezident bosh vazirga Mahamadziyayevning lavozimiga loyiqligini hal qilishni topshirgandi. Tumanni vaqtincha boshqarish hokimning birinchi o‘rinbosari Fathulla Nigmanovga yuklandi.


dayjest

Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi. Davolanish davrida u ommaviy tadbirlarda kamroq qatnashadi. Bukingem saroyining ta’kidlashicha, qirol yaxshi kayfiyatda va tez orada davlat vazifalariga qaytishga umid qilmoqda.


dayjest

Qozog‘istonning yangi bosh vaziri etib Oljas Bektenov tayinlandi

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Prezident administratsiyasi rahbari Oljas Bektenovni bosh vazir etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Toqayev, shuningdek, hukumatning iste’fosi va Bektenov nomzodi yuzasidan izoh berdi.


dayjest

Ergashali Abdujalilov Oltinko‘l tumani hokimi v.b. etib tayinlandi

Ergashali Abdujalilov Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati hokimi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.


dayjest

Namanganda ham haydovchilar uchun imtihon markazi ishga tushdi

Namangan viloyatida haydovchilik guvohnomasi oluvchilar uchun ixtisoslashgan innovatsion imtihon markazi ishga tushdi. Uning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi.


dayjest

“Ta'lim loyihalari markazi"ga ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari taklif va tavsiyalar berib boradi

O‘zbekistonda “Ta'lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Uni ochish haqida yanvar oyi oxirida e’lon berilgandi. Tashkilot har oy Prezident administratsiyasiga hisobot beradi. Undagi taklif va tavsiyalarni ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari berib boradi.


dayjest

O‘zbekistonga avtomobil importi 2,4 barobar, xususan, Xitoydan 5,2 barobar oshdi

2023-yilda O‘zbekiston 73 mingdan ortiq avtomobil import qildi, bu avvalgi yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘p. Xitoydan avtomobil olib kelish hajmi esa 5,2 barobar oshdi. Import qiymati qariyb 1,8 milliard dollarga yetdi.


dayjest

Prezident BYD hamkorligida elektromobillar butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident elektromobillar sanoatidagi loyihalarni jadallashtirish, shuningdek, Xitoyning BYD kompaniyasi bilan birga elektromobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, “elektrozapravkalar"ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan.


dayjest

Guliston shahri hokimi sog‘lig‘i tufayli lavozimidan ozod etildi

2019-yilning fevralidan beri Guliston shahrini boshqarib kelgan To‘lqinjon Dadabayev lavozimidan ozod etildi. Bunga uning sog‘lig‘idagi muammolari sabab qilib ko‘rsatilgan. Hokim vazifasini vaqtincha bajarish uning o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.