6-fevral kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib Ergashali Abduqurbonovich Abdujalilov tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ergashali Abdujalilov 1985-yili Marhamat tumanida tug‘ilgan. 2007-yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy tizimlarda mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari hamda rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

U mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ergashali Abdujalilov ushbu lavozimda 2022-yilning mayidan buyon ishlab kelayotgan, avval Qo‘rg‘ontepa tumani “Chorvador” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi lavozimida ishlagan Maxamadmuso Obidov o‘rnini egalladi.