Shavkat Mirziyoyev Rossiyadagi maktabda yuz bergan otishma munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga Ijevskdagi maktabda sodir bo‘lgan otishma oqibatida insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 15 kishiga yetgan.

Buxoroda 38 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi

Dushanba kuni erta tongda 38 yoshli ayol «Xo‘jadavlat-Buxoro-1» yo‘nalishidagi poyezd urib ketishi oqibatida halok bo‘ldi. U o‘z joniga qasd qilishga uringani aytilmoqda.

Yirik YTH sababli Toshkentdagi Nukus ko‘chasi vaqtincha yopildi

Poytaxtning Nukus ko‘chasida to‘rtta avtomobil to‘qnashishi natijasida ulardan biri ag‘darilib ketdi. Ikki haydovchi jarohatlangan. Ko‘cha transport harakati uchun vaqtincha yopildi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik uchun 2 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ajratiladi

Hukumat qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 1,99 trln so‘m (davlat budjetidan atigi 10,6 mlrd so‘m) yo‘naltiriladi. Ishlar bosh vazirning birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Yangiyo‘lda sex uchun ajratilgan yerni noqonuniy sotishda gumonlangan fuqaroga jinoyat ishi ochildi

Yangiyo‘l tumani hokimligi fuqaroga «Yoshlar mehnat guzari ishlab chiqarish sexlari» majmuasini qurish uchun 2 gektar yer bergan. Boshqa fuqaro sheriklari bilan uning 1 gektarini $400 mingga sotib olishga kelishib, 30 ming dollarini olayotgan vaqtlarida ushlangan. Hozir holat bo‘ycha jinoyat ishi ochildi.

Hafta oxirigacha respublikada havo sovuq bo‘ladi − O‘zgidromet

27 sentabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq havo massalari tarqaladi, kunduzgi harorat +22…+27 darajagacha pasayadi. Ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Hokimliklar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi

Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va hokimiyatlar huzurida Tadbirkorlar kengashi tashkil etiladi. Unga Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi va hokimlar rahbarlik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev shu hafta Jahon banki vitse-prezidenti bilan uchrashadi

Prezidentning haftalik ish rejasi ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, davlat rahbari dushanba kuni elektrotexnika sanoatida vazifalar yuzasidan mas’ullarning hisobotini tinglaydi. Hafta davomida Shavkat Mirziyoyev Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berde bilan uchrashuv o‘tkazadi.

Daniya O‘zbekistonda faxriy konsullik ochadi

Daniya hukumati O‘zbekistonda faxriy konsullik ochishga qaror qildi. Bu haqda BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi doirasida ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining muzokaralarida ma’lum qilindi.

Samarqandda yuk mashinasi urib yuborgan 10 yoshli bola halok bo‘ldi

Bulung‘ur tumanida yuk mashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda velosipedda harakatlanib ketayotgan 10 yoshli bolani urib yubordi. YTH oqibatida bola voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida bojxona sohasida professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha memorandum imzolandi

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegatsiya Gruziyada amaliy tashrif bilan bo‘ldi. Unda ikki davlat o‘rtasida bojxona sohasida professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha Hamkorlik memorandumi hamda Axborotlarni oldindan almashish bo‘yicha bayonnoma imzolandi.

«Jar yoqalab maktabga ketayotgan bolalar». Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi

Parkent tumanining Obisher ko‘chasida bolalar maktabga jar yoqalab qatnayotgani aks etgan tasvirlarga tuman hokimligi munosabat bildirib, hashar yo‘li bilan qurilgan yo‘lga bahordagi yog‘ingarchilik jiddiy zarar yetgazganini aytdi. Hokimiyat muammoni yil oxirigacha hal qilishga va’da berdi.

Farg‘onada yil yakuniga qadar elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Farg‘onada joriy yil yakunigacha elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Korxona yiliga 10 ming elektromobil ishlab chiqaradi va 40 foizini eksportga yo‘naltiradi. Qolaversa, qator ehtiyot qismlari mahalliylashtiriladi.

Andijondan Urganch va Xivaga poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yildi

28 sentabrdan «Andijon — Xiva — Andijon», 29 sentabrdan esa «Andijon — Urganch — Andijon» yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avvalroq prezident vodiy viloyatlaridan boshqa viloyatlar markazlariga temir yo‘llar soni va sifati talab darajasida emasligini ta’kidlagandi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqolalar:

«Darsga uy kiyimida borsa ham bo‘laveradi». Xorijda maktab o‘quvchilarining kiyinish tartibi qanday?

«Gazeta.uz» dunyoning turli nuqtalarida yashayotgan va farzandi ushbu mamlakat maktabida o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashib, o‘quvchilarning kiyimiga qo‘yilgan talablar haqida so‘radi. Ularning aytishicha, MO davlatlarida majburiy forma mavjud, xorijda esa maktabga uy kiyimida borsa ham bo‘laveradi.

«Hayot shiddat bilan rivojlanmoqda, biz esa tezlikni sekinlashtirmoqchimiz». Poytaxt deputatlari tezlikni pasaytirishga qarshi chiqdi

Poytaxtda qariyb 50 foiz avariya tezlikni oshirish tufayli sodir bo‘ladi. Ko‘plab davlatlarda shaharlarda tezlik chegarasi 50 km/soatni tashkil qiladi. Biroq toshkentlik deputatlar bu chora samaradorligiga shubha qilmoqda. Muhokamalarda: «70 — shusiz ham past tezlik» ekanligi, «hech narsa o‘zgarmasligi» aytildi.

«Hammani yoppasiga «bombila»ga chiqarmaslik kerak». Toshkent aeroportidagi taksichilar nima deydi?

«Toshkent» xalqaro aeroporti o‘z taksi xizmatiga ega bo‘lgach, ko‘plab haydovchilar, jumladan, noqonuniy taksichilar norozilik bildirishdi. Ish hatto mushtlashuvgacha yetib bordi. «Gazeta.uz» haydovchilar bilan suhbatlashib, ular nima xohlayotganlari va «bombila» so‘ziga nisbatan munosabatini o‘rgandi.