Rossiya O‘zbekistonga 4 kishini ekstraditsiya qildi

Rossiya O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etganlikda ayblangan to‘rt kishini O‘zbekistonga topshirdi. Ular turli vaqtlarda hibsga olingan.

16 fevral voqealarida ishtirok etgani gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi

“Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkiloti a’zosi, 1999 yilning 16 fevral va 30 mart kunlari Toshkentda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgani gumon qilingan fuqaro qo‘lga olindi. Mazkur shaxs 23 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirildi

30 sentabr kuni Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln 458 ming 820 dozasi SES xizmati vakillariga topshirildi. Hozirgi kunda korxona tomonidan jami 7 mln doza vaksina ishlab chiqarilgan.

Chirchiq daryosi bo‘ylab yangi ko‘prik quriladi

Toshkent viloyatida Chirchiq daryosi orqali o‘tadigan yangi ko‘prik qurilishi boshlandi. Ko‘prik 4R12 “Toshkent — Chorvoq” yo‘lidan Chirchiqqa kiraverishdagi daryodagi to‘g‘on yaqinida quriladi.

Digital Holding O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlamoqda

USM Telecom, MegaFon va O‘zbekiston hukumati Digital Holding qo‘shma korxonasini tuzishdi. Unga USM — CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan holdingi aktivlari kirdi. Rossiya tomoni korxonani rivojlantirish uchun 100 mln dollar ajratadi. Unga Ucell`ning sobiq bosh direktori Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.

Uzcard bankomatlarida dollar ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi

UzCard bankomatlarida 50 va 100 AQSh dollari qiymatidagi kupyuralarni ayirboshlash vaqtincha to‘xtatildi.

Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini xususiylashtirish rasman yakunlandi

O‘zbekiston hukumati Coca Cola Uzbekistan kompaniyasini to‘liq xususiylashtirish yuzasidan bitimni yakunladi. 57,118 foizlik davlat ulushini Turkiyaning Coca Cola İçecek kompaniyasi sotib oldi.

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonun bilan mamlakatda hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanishi aytildi.

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvi Veolia qo‘liga o‘tdi

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi 30 yil muddatga Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Birinchi ikki yilda Bektemir va Sergeli tumanlarida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi, so‘ngra butun shaharni qamrab oluvchi “ulkan modernizatsiya dasturi"ni ishga tushirish kutilmoqda.

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda

Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.

VTB banki NKMKning investitsiya dasturini moliyalashtiradi

Rossiyaning VTB banki Navoiy kon-metallurgiya kombinatining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollarlik kredit liniyasini taqdim etdi.

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors shartnomalaridagi qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi

Antimonopoliya qo‘mita rahbari Shaxrux Sharaxmetovning aytishicha, qo‘mita UzAuto Motors shartnomalaridagi avtomobil variantlarining nomuvofiqligi bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi.