29 sentabr kuni «USM Telecom» («YueSeM Telekom») va MegaFon o‘zbekistonlik sheriklari bilan birgalikda Digital Holding qo‘shma korxonasinining tuzish bosqichini yakunlashdi. Bugun O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha yakuniy hujjatlar to‘plami imzolandi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Ucell mobil operatori xabar berdi.

30 cyentyabr kuni O‘zbekiston davlat aktivlarini boshqarish agentligida qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi yakuniy hujjatlar to‘plami imzolandi. Digital Holding kompaniyasiga ilgari Ucell bosh direktori lavozimini egallagan Vladimir Kravchenko rahbarlik qiladi.

Digital Holding faoliyati O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini yaxshilashga, xususan xalqaro standartlarga mos raqamli infratuzilmani shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Shuningdek kompaniya ma’lumotlarini saqlash va qayta ishlash, raqamli markirovka va alohida turdagi tovarlar harakatini nazorat qilishda ilg‘or texnologiyalar va tizimlarini joriy etishni maqsad qilgan.

Qo‘shma korxona tarkibi Ucell aloqa operatorining 100% ustav kapitali, USM sho‘’ba korxonalari -CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan`ni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Rossiya tomoni Digital Holding kompaniyasini rivojlantirish uchun 100 million dollar sarmoya kiritadi. Qo‘shma korxonaning 51% ulushi MegaFon va USM Telecom qo‘shma korxonasi «Didjital Invest»ga, 49% esa O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli bo‘ladi.

Ucell («COSCOM» MCHJ)ning yangi bosh direktori lavozimiga ilgari Rossiyada MegaFonning mintaqaviy rivojlanish bo‘yicha direktori lavozimida ishlagan Andrey Shishkovskiy tayinlandi. ICS Holding Uzbekistan kompaniyasini Andrey Maygur boshqaradi. Anatoliy Bachikalov CRPT Turon bosh direktori lavozimini saqlab qoladi.

«Digital Holding» qo‘shma korxonasining yaratilishi «MegaFon» OAJ singari kuchli o‘yinchining bozorga kelishi ilg‘or texnologik yechimlar joriy etilishiga xizmat qiladi. Mamlakat rahbariyati tomonidan soha oldiga iqtisodiyot tarmoqlari raqamli transformatsiyasi, xususan mobil aloqani kelgusida rivojlantirish bo‘yicha katta vazifalar qo‘yilgan. Raqamli iqtisodiyot iqtisodiy o‘sishning asosiy boshqaruvchi kuchi sifatida belgilangan. Shuning uchun mobil aloqa va internet xizmatlari sifatini oshirish, elektron tijorat tizimlari, raqamli xizmatlar va dasturiy mahsulotlarni rivojlantirishni jadallashtirish ko‘zda tutilmoqda", — deydi O‘zbekiston bosh vaziri maslahatchisi Olimjon Umarov.

«Ishonchim komilki, MegaFon va sheriklarimiz „IKS Xolding“ va ITRM ekspertizasi, shuningdek qo‘shma korxona tashkil etish bosqichida shakllangan professional guruh xoldingga mamlakatda yetakchi o‘rinlarni egallashga va ham abonentlarga, ham ishbilarmonlarga eng ilg‘or texnologiyalarni taklif qilish imkonini beradi. MegaFondan biz o‘zbekistonlik hamkasblarimizga o‘z tajribamiz, texnologiyalarimiz va muvaffaqiyatli keysimizga to‘liq foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz», — dedi MegaFon bosh direktori Xachatur Pombuxchan.

Ucell — GSM, UMTS, LTE va 5G standartlaridagi uyali aloqa operatori bo‘lib, O‘zbekiston uyali aloqa bozorida yetakchi sanaladi. Kompaniyaning xizmatlaridan 8 million abonent foydalanadi. 2021 yil 1 avgust holatiga ko‘ra, aholi punktlarida qamrov 97,8% (GSM); 73,2% (UMTS); 73,4% (LTE). Ucell — 5G standartini O‘zbekistonda ilk bor sinab ko‘rgan kompaniya.

USM Telecom va MegaFon shu yilning fevral oyida bozorga kirishi haqida e’lon qilgan. Qo‘shma korxonaga kirish uchun kompaniyalar «Didjital invest» kompaniyasini tuzdilar, uning aksiyalari har ikki tomondan 50% ga taqsimlandi.

USM Telecom  — USM xolding kompaniyasining raqamli bo‘linmasi. MegaFon telekommunikatsiya operatori va «IKS Xolding» IT guruhini 100% nazorat qiladi. «YueSeM Telekom»ning asosiy egalari USM (aksiyalarning 80%), Ivan Streshinskiy (10%) va Anton Cherepennikov (10%).

MegaFon — butun Rossiya raqamli imkoniyatlar operatori va Ookla xalqaro kompaniyasining Rossiyadagi mobil Internetning eng yuqori tezligi uchun beriladigan mukofoti besh karra sohibi. Kompaniya IT va telekommunikatsiya sohalarini birlashtiradi, mobil va statsionar aloqa, Internetga mobil va keng polosali ulanish, raqamli televideniye va OTT video kontenti, innovatsion raqamli mahsulotlar va xizmatlar uchun xizmatlar ko‘rsatadi. Kompaniyaning Rossiyadagi xizmatlaridan 72 million mijoz foydalanadi.

Ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM) raqamli iqtisodiyotda keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun yaratilgan. ITRM USM (50%), Rostex (25%) va «Elvis-Plyus Grup» (25%) qo‘shma loyihasi sanaladi. ITRM Rossiyada tovarlarni raqamli markirovkalash va kuzatib borish uchun davlat axborot tizimini yaratadi. Davlat-xususiy sheriklik formatida yaratilgan CRPT Turon tajribalar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida markirovka tizimining operatori sifatida belgilangan.