Adliya vazirligi bir qator huquqbuzarliklar bo‘yicha jarimalar miqdorini kamaytirishni taklif etdi

Yangi qonun loyihasida Adliya vazirligi pasport tizimi qoidalarini buzish, noqonuniy valyuta operatsiyalari va yo‘lovchilarni litsenziyasiz tashish uchun jarimalarni sezilarli darajada kamaytirishni taklif qilmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzakov koronavirusga qarshi emlandi

Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov COVID-19 ga qarshi Moderna vaksinasi bilan emlandi.

O‘zbekistonda “Sputnik V” vaksinasini keyingi haftadan ishlab chiqarish boshlanadi

O‘zbekistonda Jurabek Laboratories kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasi Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ma’qullandi. Rossiyadan keyingi haftada xom-ashyo kelganidan so‘ng, preparat ishlab chiqariladi va tekshiruv uchun yana markazga yuboriladi.

Qoraqalpog‘istonda futbol uchrashuvi vaqtida janjal sodir bo‘ldi

Mo‘ynoq tumanidagi “Orol” stadionida tumanning “Mo‘ynoq siti” va “Jayxun” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kelishmovchilik kelib chiqqan va bosh hakam qaroridan norozi bo‘lgan ayrim tomoshabinlar maydonga chiqib ketgan. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Buxoroda 3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Chorshanba kuni Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida 3 balli zilzila sezildi.

Milliy gvardiya Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga qaytarishga ko‘maklashadi

Milliy gvardiya prezident qarori bilan o‘ziga biriktirilgan Mehribonlik uylaridagi bolalarni ota-onalariga qaytarish, vasiy tayinlash va farzandlikka olishga ko‘maklashadi. O‘quv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanuvchilarning muammolarini o‘rganish va hal etish uchun “Mehr daftari” tizimi joriy qilinadi.

“Toshkent viloyatida ishsizlik masalasi bo‘lmasligi kerak” — prezident

Prezident Toshkent viloyatidagi sharoit va imkoniyatlar hisobga olinsa, aslida hududda ishsizlik masalasi bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi va mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda ishsizlar soni 134 ming nafarni tashkil etmoqda. “So‘nggi yillarda Toshkent bo‘yicha to‘plagan tajribalarimizni Toshkent viloyatida ham joriy etishimiz kerak”, — dedi davlat rahbari.

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun 49 ta davlatda statsionar va ko‘chma saylov punktlari tashkil etiladi

Chet elda istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklarning prezident saylovida qatnashishi uchun 49 ta davlatda 54 ta statsionar va 316 ta ko‘chma saylov punkti tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi bosh konsulxonasi va BMTdagi vakolatxonasida yagona saylov uchastkasi bo‘ladi. Hozirgacha xorijdagi saylovchilarning birlamchi ro‘yxati ham shakllantirildi.

18 yoshgacha bo‘lganlar uchun yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 1 sentyabrdan amaldagi 14 yoshgacha bolalar uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi o‘rniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi. Ushbu nafaqa yoshi 18 yoshgacha oshiriladi, to‘lov muddati 12 oygacha uzaytiriladi. Qolaversa, Minimal iste’mol xarajat miqdorlaridan kambag‘allik mezoni sifatida foydalaniladi.

Hozirda faqat buyurtma asosida olinadigan “AAA” seriyali avtomobil raqamlari qolgan — YHXBB

“UZB” yoki “AAA” seriyali davlat avtomobil raqamlari ochiq savdoda ekanligi ma’lum qilindi. YHXBB matbuot xizmatining ta’kidlashicha, hozirda “AAA” seriyali avtomobil raqamlari auksionda qolmagan. Ushbu seriyada qolgan 30 dan ortiq raqamlarni faqat buyurtma asosida olish mumkinligi aytildi.

“Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi

Xorijda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida prezident qarori bilan “Vatandoshlar” jamoat fondi tashkil etildi. Uning faoliyatini boshlash uchun 5 mlrd so‘m ajratiladi. Fondni Vasiylik kengashi boshqaradi, unga esa O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev raislik qiladi.

6-sinfdan a’lo bahoga o‘qiganlarga OTMga kirishda qo‘shimcha ball berilishi mumkin (aniqlashtirildi)

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 6-sinfdan a’lo bahoga o‘qigan bitiruvchilarga OTMga kirish imtihonida qo‘shimcha ball berish bo‘yicha taklifga izoh berdi. “Bolaning taqdiri nimaga faqat bir kun bilan hal bo‘lib ketishi kerak?”, — dedi vazir. U ushbu tizimni joriy qilishda korrupsiyaning oldini olish uchun elektron kundalik yordam berishi mumkinligini ta’kidladi.

Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash tiklandi

O‘zbekistonda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash ishlari qayta yo‘lga qo‘yildi.

UzAuto Motors sof foydasi qariyb 70 foizga o‘sdi

Olti oy yakunlari bo‘yicha UzAuto Motors ishlab chiqarish hajmi 24 foizga kamayganiga qaramasdan, sof daromadini qariyb 70 foizga — 902,6 mlrd so‘mga (84,6 mln dollar) oshirishga muvaffaq bo‘ldi.

“Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar:

“Vaksinadan bosh tortib, siz odamlarni tibbiy xizmat olish imkoniyatidan mahrum qilyapsiz” — biotexnolog

Emlashdan bosh tortish kasalxonalarni koronavirusli bemorlarni davolash uchun qayta ixtisoslashtirishga olib keladi. Boshqa kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar hamon tibbiy xizmatga muhtoj, lekin uni ololmaydilar. Biotexnolog, biologiya fanlari doktori Alisher Abdullayev o‘zbekistonliklarni vaksina olishga chaqirdi.