Bugundan boshlab aholini ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi va uchini dozalari bilan emlash yana qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligiga aloqadar Vaksinauz Telegram-kanali xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 avgustdan boshlab O‘zbekistondagi barcha emlash punktlarida zaxiradagi xitoy-o‘zbek vaksinasini faqat birinchi doza bilan emlash ishlari amalga oshirilayotgan edi.

SSV immunizatsiya ishlari bo‘yicha rahbari Dilorom Tursunova «Gazeta.uz»ga vaksinalarning hisob-kitobini to‘g‘rilab olish, emlash.uz saytiga to‘g‘ri ma’lumotlarni kiritish hamda vaksinaning 2- va 3-dozasini olishni rejalashtirgan fuqarolar ro‘yxatini tartibga solish uchun bir haftalik topshiriq berilganligini ma’lum qilgan edi.