UzAuto Motors kompaniyasi sof daromadini qariyb 70 foizga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan 2021 yilning birinchi yarmi bo‘yicha kompaniya moliyaviy hisobotida bu haqda so‘z boradi.

Olti oy davomida avtoishlab chiqaruvchining sof foydasi 10,6 trln so‘mni (Mbning 1 avgustdagi kursi bo‘yicha 996,5 mln dollar) tashkil etdi. Bu 2020 yilning yanvar-iyun oylaridagi ko‘rsatkichdan 2,1 trln so‘mga kamroq. Mahsulotlar tannarxi 2,2 trln so‘mga kamayib, 8,4 trln so‘mni tashkil etdi.

Asosiy faoliyatdan olingan foyda 393,6 mlrd so‘mga oshib, 1,06 trlln so‘mga yetgan bo‘lsa, asosiy xarajatlar 212,3 mlrd so‘mga kamayib, 1,1 trln so‘mdan iborat bo‘ldi.

178,9 mlrd so‘m miqdorida (2020 yil yanvar-iyunda 145,1 mlrd so‘m to‘langan) soliqlar to‘lanishi natijasida UzAuto Motors sof foydasi 902,6 mlrd so‘mni (84,6 mln dollar) tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 370,4 mlrd so‘mga (69,6 foiz) ko‘proq (532,1 mlrd so‘m) demakdir.

Manba: Davlat statistika qo‘mitasi.

Katta ehtimol bilan kompaniya sof foydasining o‘sishi olti oy ichida qariyb barcha hamyonbop avtomobil modellarini — Spark, Nexia, Gentra va Cobalt (Damas va Labodan tashqari) — ishlab chiqarishni 143 mingtadan 108,7 mingtaga (24 foizga) kamaytirgani va yaqinda narxlari oshgan Trailblazer, Tahoe, Malibu premium-segment avtomobillarini ko‘proq sotgani bilan bog‘liq.

Mart oyida «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov qimmatbaho avtomobillar — Equinox, Malibu i Tahoe — sotuvidan tushgan daromadlar Spark va Nexia kabi arzonlashtirilgan modellarni sotishdagi zararlarni qoplayotganini tan olgan edi.

«UzAuto Motors biznes modeli shunaqa qilinganki, iloji boricha ommaga moslashgan „byudjetnыy“ mashinalarga juda minimal daromad qo‘yilgan. Konfedensial tijoriy sirni ochayapman sizlarga, Spark, Nexia kabi mashinalarda [sotuvdan] daromad umuman yo‘q. Nafaqat daromad, balki yo‘qotish bor. Ommaga ko‘proq mashina yetkazish imkoniyatini yaratish uchun qimmat avtomobillarni kichik miqdorda daromadini baland qilib qo‘yamiz. Qimmat mashinadan olayotgan daromadimiz hisobiga arzon mashinadan yo‘qotayotgan pulni qoplayapmiz», — deya tushuntirgan edi u.

Avvalroq Spot nashri UzAuto Motors eksportni o‘zgartirgani, kamroq avtomobil sotib, ko‘proq foyda ko‘rayotgani haqida yozdi. So‘nggi yillarda eksport qilinayotgan avtomobillarning o‘rtacha narxlari ikki barobarga — 4845 dollardan 9201 dollarga oshgan.