Chorshanba kuni soat 12:01 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Zilzilaning epitsentri Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘lgan. Epitsentr Toshkentdan 436 km janubiy-g‘arbda joylashgan, uning o‘chog‘i 56 km chuqurlikda bo‘lgan.

Silkinish kuchi zilzila epitsentrida 3 ballni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 iyul kuni ertalab Toshkent va O‘zbekistonning boshqa hududlarida, shuningdek, kechqurun Farg‘ona va Andijon viloyatlarida zilzila sezilgan edi.