Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxtdagi issiqlik tarmoqlarida texnik audit o‘tkazmoqda. Bu ma’lumotlar issiqlik tarmoqlarining texnik holatini aniqlash imkonini beradi va Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsiya dasturini optimallashtiradi.
Toshkentdagi issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi sababli ayrim tumanlarda iyul-avgust oylarida issiq suv bo‘lmaydi. Ro‘yxat.
Bektemir va Sergeli tumanlarida Veolia Energy Tashkent tomonidan 130 dan ortiq uy-joy va 30 dan ortiq ijtimoiy obyektni yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tkazish bo‘yicha pilot loyiha amalga oshirilmoqda. Bu binolarni samarali isitish imkonini beradi. Loyiha doirasida yangi qozonxonalar qurilmoqda.
Toshkent shahrida 1-maydan 4-avgustgacha issiq suv ta’minoti o‘chirilmagan holda isitish tarmoqlarining gidravlik sinovlari o‘tkaziladi. Fuqarolar sinovlar davomida issiq suv yo‘l va yo‘laklarga chiqishi hamda quvurlarning shikastlanishi mumkinligidan ogohlantirildi.
Veolia Energy Tashkent bu yil bahorda poytaxtda issiq suvni 5 kunlik o‘chirishlarni rejalashtirmyotganini ma’lum qildi. Issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroqqa yoz-kuz mavsumida o‘tkaziladi.
Toshkentda 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi. Bu kunlarda issiqlik tarmoqlari sinovlardan o‘tkaziladi.
VeoliaToshkentda sifatsiz issiqlik ta’minoti uchun to‘lovni mustaqil ravishda qayta hisoblab chiqadi. Biroq agar isitish yoki issiq suv bilan bog‘liq muammolar uy ichidagi infratuzilma bilan bog‘liq bo‘lsa, unda qayta hisoblash bo‘lmaydi, deya ogohlantirdi kompaniya.
Veolia Energy Tashkent issiqlik ta’minoti korxonasi poytaxtdagi muammoli uchastkalarga 230 ta retsirkuryatsiya nasoslarini o‘rnatmoqda. Kompaniyaning qayd etishicha, bu issiqlik va issiq suvni yetkazib berishni yaxshilashga xizmat qiladi.
Veolia Energy Tashkent poytaxtning ayrim tumanlarida tabiiy gaz yetishmasligi sababli qozonxonalarda zaruriy haroratdagi issiqlikni ishlab chiqara olmayotgani, bu esa isitish sifatining yomonlashishiga olib kelayotganini ma’lum qildi.
Veolia Energy Tashkent poytaxt aholisiga issiq suv yoki isitish bilan bog‘liq muammolarda qayerga murojaat qilish kerakligi borasida yo‘riqnoma taqdim etdi.
Veolia Energy Tashkent bosh direktori Aleksandr Xasti oilaviy sabablarga egallab turgan lavozimini tark etdi. Uning o‘rniga Alisher Xaytmetov korxona boshlig‘i vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.
14 noyabr kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim massiv va ko‘chalar aholisi vaqtincha issiqlik ta’minotisiz qoladi. Veolia Energy Tashkent buni magistral quvurda rejadan tashqari ishlar olib borilishi bilan izohladi. Joylarda issiq suv ta’minoti saqlanib qoladi.
Yangihayot tumanida Veolia Energy Tashkent xorijiy kompaniyasi xodimi $600 pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shu yo‘l bilan abonentning qarzini so‘ndirishga va’da bergan.
1 iyuldan Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia Energy Tashkent kompaniyasi boshqaruviga o‘tdi. Tashkilot 30 yil davomida ushbu tizimni boshqarib, gaz, elektr energiyasi va suvdan trillionlab so‘mni iqtisod qilish hamda issiqlik yo‘qolishini 44 foizdan 20 foizgacha pasaytirishga ko‘maklashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting