Toshkent shahridagi issiq suv va issiqlik ta’minoti operatori Veolia Energy Tashkent poytaxtdagi isitish tarmoqlari gidravlik sinovdan o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 1-maydan 4-avgustgacha bo‘lgan davrda isitish tarmoqlarini mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari tashkil etiladi. Biroq bu davr mobaynida issiq suv o‘chirilmaydi.

Cinov jadvalga muvofiq o‘tkaziladi, ular bilan mazkur havola orqali tanishish mumkin.

Kompaniya cinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar hamda yo‘laklarga chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar joy binolarida yashovchi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Nosozliklar haqida quyidagi telefon orqali xabar berish mumkin: 78−129−01−85.