2023−2024-yilgi kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun Toshkentning ayrim tumanlarida iyul va avgust oylarida issiq suv o‘chiriladi, deya xabar bermoqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi matbuot xizmati.

Bu davrda “Toshkent issiqlik markazi” MCHJ tomonidan 7 ta issiqlik markazlarida ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Issiqlik markazlarining (IM) rejalashtirilgan to‘xtash davri uchun issiqlik manbalari ta’sir hududlarning to‘xtash sanalari va manzillar ro‘yxati:

1-IM “Shimoliy-Sharqiy” 31-iyuldan 5-avgustgacha:

Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk Ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘cha, Yassi, Qalandar, Bo‘z, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek Yo‘li, Kichik xalqa yo‘li, Katta xalqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik, Yalang‘och, Toshselmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1 massivlari, ToshGRES qishlog‘i, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti zonasi.

3-IM “G‘arbiy” 17-iyuldan 22-iyulgacha:

Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik xalqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshyog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Xuvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshyog‘och, M-10, 11, 13, 14, 26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 massivlar, Talabalar shaharchasi, ToshDTU zonasi.

4-IM “Shimoliy” 24-iyuldan 29-iyulgacha:

Amir Temur xiyobonlari, Mustaqillik, Axmad Donish, Sharof Rashidova, Yahyo G‘ulomova, Shahrisabz, Shastri, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta xalqa yo‘li, Shahriston, Uch qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rihsili, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog‘ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik xalqa yo‘li, Hamid Olimjon, Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Bodazor, Qo‘rg‘azma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivl, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish ko‘chalari, 1-Qoraqamish ko‘chasi, Talabalar, Universitet, Beltepa, Farobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, 2-Shifokorlar ko‘chasi, Qamarniso, Beltepa, Ibn Sino — 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on-1, 2, 3, 4, Olimpiya dahalari, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, O‘zMU zonalari, ToshDTU, Yunusobod dahasi, 1−19, M-1,2,4,5,6,12,15, M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1, ½, 1/3, ¼, 2/ 1, 2/3, 2/4, 2/5-mavzelari, Hamid Olimjon maydoni.

5-IM “Chilonzor” 10-iyuldan 15-iyulgacha:

Zargarlik, Lutfiy, Bog‘iston, Qatortol, Guliston, Farhod, Cho‘ponota, Bog‘ibo‘ston, Kichik xalqa yo‘li, Naqqoshlik, Do‘mbirobod, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol ko‘chasi, 2-Qatortol ko‘chasi, Katta Xirmontepa ko‘chasi, Taqachi, Katta xalqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa ko‘chalari, Chilonzor massivlari — 5−26, 30, 31, G9A, 20A, Do‘mbirobod, Sharq, Guliston, Al Xorazmiy-1 , 2 mavzelari, Beshqayrag‘och, Izza, O‘rikzor bozori hududi.

6-IM “Janubiy Sharqiy” 31-iyuldan 5-avgustgacha:

Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tollimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayxun, Surxon, Qo‘yliq-1−7 massivlari, Qo‘yliq-Aylanma (Obvodnaya) massivlari.

7-IM “Aviaquruvchilar” 7-avgustdan 11-avgustgacha:

Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent, Oxangaron shossesi, Tuzel-1, 2, 3, 4, Uysozlar-1, Asalobod-1, 2, Aviasozlar shaharchasi-1, 1a, 2, 3, 4 massivlari.

8-IM “Sergeli” 17-iyuldan 22-iyulgacha:

Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, Sug‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jaxonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1−8A, Yo‘ldosh-1−18, M-1, 2, 3, Do‘stlik-1, 2 massivlari.