Toshkent shahri Sergeli tumanida 30-mayga o‘tar kechasi eskirgan issiqlik quvurini almashtirish ishlari boshlandi, deb xabar berdi Veolia Energy Tashkent kompanisi.

Bunda Obi hayot ko‘chasidan o‘tuvchi diametri 400 mm, uzunligi 510 metr bo‘lgan eskirgan issiqlik quvurini yangilash ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan tumandagi Sergeli Yarmarka chorrahasidan Obi hayot ko‘chasi Havas supermarket oldigacha bo‘lgan yo‘l yopiladi.

“Ish hajmi katta bo‘lgani sababli quvur almashtirish ishlari uchun taxminan bir oy vaqt ketadi. Ushbu davrda aylanma yo‘llardan foydalanishingizni so‘raymiz”, — deyiladi kopmaniya xabarida.

Veolia Energy ishni imkon qadar tezroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishiga ishontirdi.