Noyabrda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi Yangihayot tumani Do‘stlik-1 massivida markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirdi, deya xabar qildi korxona matbuot xizmati.

Kompaniya mutaxassislari yettita ko‘p qavatli uylarda retsirkulyatsiya (aylanma) nasoslar o‘rnatishdi.

Ushbu qaror bosimni oshirish va issiq suv aylanishini optimallashtirish va natijada turar-joy binolarida isitishni yaxshilash imkonini berdi. Nasoslar issiqlik ta’minotining umumiy balansini saqlashda o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.

Veolia Energy Tashkent 230ta ixcham retsirkulyatsiya (aylanma) nasoslarini sotib olgan va ular tez orada muammoli joylarga o‘rnatiladi.

Muammoli lokatsiyalar «Termis Engineering» dasturiy ta’minot yordamida tanlab olindi. Ushbu ilg‘or ko‘p funksiyali platforma dunyoning 500dan ortiq shaharlarida issiqlik ta’minoti korxonalari tomonidan qo‘llaniladi, deya qayd etdi kompaniya.

Toshkent issiqlik tarmoqlarini raqamlashtirishdan so‘ng, Termis Engineering dasturi qo‘shimcha uskunalar o‘rnatish zarur bo‘lgan shaharning eng zaif hududlarini aniqladi. Hozir Chilonzor tumanidagi uchta 12 qavatli uylarda retsirkulyatsion nasoslar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, Yashnabod tumanidagi 4ta ko‘p qavatli uylarda ham shunday nasoslar o‘rnatilgan.

Veolia Energy Tashkent 2023 yilda uskunalarni sotib olishni va o‘rnatishni davom etadi. Ushbu yordamchi uskunalarning o‘rnatilishi amaldagi tariflarga ta’sir qilmaydi, deyiladi xabarda.