Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Reyslar hafta davomida Toshkent−Zomin−Samarqand yo‘nalishida amalga oshiriladi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida aeroport ochildi. Terminal 30 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. 1-sentabr kuni u LET L-410 va Pilatus PC-24 samolyotlarini qabul qildi.
Uzbekistan Airways Xitoyning CALC kompaniyasidan 168 o‘ringa mo‘ljallangan navbatdagi A320neo samolyotini sotib oldi. Karbonat angidrid chiqarishi 50 foizga kamaytirilgan “ekologik toza” havo kemasidan mahalliy aviaqatnovlar uchun foydalanish rejalashtirilmoqda.
Alisher Sattarov Uzbekistan Airways boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari, Shaxzod Ikramov va Shuxratillo Yadgarovlar rais o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
Uzbekistan Airways Mustaqillik bayrami munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha bo‘lgan barcha mahalliy aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.
Toshkent xalqaro aeroportida Chexiyadan sotib olingan birinchi LET L-410 samolyoti kutib olindi. U mahalliy aviaqatnovlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 19 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi. Ilk reys kelasi hafta Samarqand shahriga amalga oshiriladi.
Uzbekistan Airways 27, 28, 30-iyun va 2-iyul kunlari Toshkentdan Urganch, Nukus, Termiz va Buxoroga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi.
Uzbekistan Airways 19 va 20-iyun kunlari Toshkentdan Termiz, Buxoro va Qarshi shaharlariga qo‘shimcha parvoz amalga oshiradi.
Uzbekistan Airways parki o‘n sakkizinchi Airbus — A320neo samolyoti bilan to‘ldirildi. Samolyotda bitta klass bo‘ladi — ekonom. Keyinroq salon ikki toifaliga aylantiriladi. Fyuzelaj rangi ham soddalashtirilgan — kompaniya tez orada samolyotlar tashqi ko‘rinishini yangilashni rejalashtirmoqda.
Uzbekistan Airways Chexiyaning LET L-410-E20 yengil samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ulardan O‘zbekistonda ichki yo‘nalishlarda foydalanish rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan barcha aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.
Singapur prezidenti Halima Yaqub turmush o‘rtog‘i bilan davlat tashrifini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular Ostonadan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining oddiy reysida uchishdi.
26-aprel kuni Uzbekistan Airways`ning Toshkentdan Istanbulga uchayotgan samolyoti bortida o‘g‘il bola dunyoga keldi. Styuardessalar “Gazeta.uz”ga tug‘ruq qanday ro‘y berganini so‘zlab berishdi. “Samolyotda bitta katta oiladek edik — 246 qarindosh va hamma kutardi: kimdir nabirasini, kimdir jiyanini, ukasini”.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyoti bortida o‘g‘il chaqaloq tug‘ildi.
Uzbekistan Airways Litva kompaniyasidan uzoq masofalarga uchuvchi ikkita Airbus A330 samolyotini bir yil muddatga ekipaji va boshqa xarajatlari ichida bo‘lgan holda ijaraga oldi. Ulardan birinchisi Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Mazkur samolyotning ilk reysi 23-aprel kuni Istanbulga rejalashtirilgan.
Uzbekistan Airways 23−31 mart kunlari 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar uchun mahalliy aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi. Chegirma Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan taqdim etilmoqda.
Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Toshkentdan Moskvaga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti 210 nafar yo‘lovchi bilan aeroportda 4 soat davomida qolib ketdi. Voqeaga sabab deya ob-havo sharoitining talabga javob bermagani, shuningdek, bortdagi ayol o‘zini yomon his qila boshlagani keltirildi.
Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 21% chegirma e’lon qildi. U 18 martdan 22 martgacha bo‘lgan sotuv davrida amal qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting