O‘zbekiston va Kanada aviatsiya ma’muriyatlari fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishdi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ICAN — 2023 tadbiri doirasida har ikki tomon o‘z aviakompaniyalari uchun to‘rtta darajadagi “havo erkinligi”ni taqdim etishga kelishib olgan. Bu erkinliklar ikki davlat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish huquqini beradi.

2025-yildan O‘zbekistonning rezident aviakompaniyasi Uzbekistan Airways Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Kanada bilan erishilgan kelishuv kompaniyaning ushbu mamlakatga parvozlarni amalga oshirishiga zamin yaratadi, deyiladi vazirlik xabarida.