Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan bir qancha mahalliy yo‘nalishlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar joriy etilishini ma’lum qildi.

Qo‘shimcha reyslar:

  • Toshkent — Nukus — Toshkent — 20-mart kuni;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 20, 21, 24-mart kunlari;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 24-mart kuni;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 21-mart kuni;
  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 24-mart kuni.

Parvozlar jadvali bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways Navro‘z bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun 30 foizlik chegirma e’lon qilgandi. U 21−24-mart kunlari ekonom va biznes klass tariflari uchun amal qiladi.