28-dekabr kuni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi yil boshidan buyon 5 millioninchi yo‘lovchini tashdi. Bu tashuvchining butun faoliyati davomidagi rekord yillik ko‘rsatkichdir.

Besh millioninchi yo‘lovchi Moskva-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY604 reysida ro‘yxatga olindi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. Parvoz davomida samolyot bortida aviakompaniya nomidan yubiley yo‘lovchi Dilshoda Turg‘unovani qutlagan samolyot sardorining tabrik so‘zi eshitildi.

uzbekistan airways

O‘zbekiston poytaxti aeroportiga yetib kelganida uni Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi vakillari, jumladan, kompaniya rahbariyati tantanali ravishda kutib oldi. Unga esdalik sovg‘alari va Uzbekistan Airways`ning 75 ta muntazam yo‘nalishlaridan istalgan vaqtda biznes-klassda parvoz qilish uchun sertifikat topshirildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2023-yilda aviakompaniya 32 mingdan ortiq reyslarni amalga oshirgan (2022-yilda — 28 127 ta, o‘sish 16 foiz). O‘tgan yili 4,2 million yo‘lovchi tashilgan. Bundan tashqari, joriy yilda 50 ming tonnadan ortiq yuk, jumladan, 30 ming tonnadan ziyodi yo‘lovchi samolyotlarida (o‘sish 7 foiz) tashildi.

10 ta yangi muntazam yo‘nalishlar qatnay boshladi. Kompaniyaning samolyot parki beshta Airbus A320neo va ikkita L-410, shuningdek, uchta ATR-72 (Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tishi) bilan to‘ldirildi.