27-may kuni Toshkentdan Namanganga qo‘shimcha aviaqatnov amalga oshiriladi, deya xabar qildi Uzbekistan Airways.

Ma’lum qilinishicha, faqatgina 27-may kuni HY095 Toshkent — Namangan yo‘nalishidagi qo‘shimcha aviaqatnovni quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 4:00 da;
  • Namanganga yetib borish soat 4:40 da.

Aviachiptalarni kompaniya rasmiy saytida, ilovada, Uzbekistan Airways Sales filialida yoki aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.