Uzbekistan Airways aviakompaniyasi O‘zbekiston bo‘ylab qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Oliy ta’lim muassasalari, professional va kasb-hunar talabalari uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda quyidagi sanalarda va yo‘nalishlarda qatnovlar joriy etiladi:

  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 23, 25, 26, 29-dekabr;
  • Toshkent — Nukus — Toshkent — 23, 24, 29-dekabr;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent — 23, 25-dekabr;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 25-dekabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 25, 26, 27, 28, 29-dekabr;
  • Toshkent — Qarshi — Toshkent — 27-dekabr;
  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 29-dekabr.

Parvozlar jadvali bilan Uzbekistan Airways Sales filialida, aviakompaniya agentlarida va veb-saytda tanishish hamda aviachiptalarni xarid qilish mumkin.

Talabalar uchun mo‘ljallangan chegirmali aviachiptalarni xarid qilish uchun esa davlat universitetida o‘qiyotganingizni tasdiqlaydigan hujjat yoki QR kodga ega bo‘lishingiz kerak. Chegirma sayt orqali xaridlarda amal qilmaydi.