«usaid» tegli maqolalar


USAID hunarmand ayollarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi
14 yanvar 2022, 11:57

USAID hunarmand ayollarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi

USAIDning agrobiznesni rivojlantirish loyihasi hunarmand ayollar (5−50 mln so‘m miqdorida qo‘shma moliyalashtirish) va ayollar hunarmandchiligi korxonalarining (50−200 mln so‘m) loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

AQSh O‘zbekistonga yana 300 ming doza Pfizer vaksinasini yubordi
6 dekabr 2021, 22:27

AQSh O‘zbekistonga yana 300 ming doza Pfizer vaksinasini yubordi

O‘zbekiston COVAX dasturi doirasida AQShdan yana 300 ming doza Pfizer vaksinasini qabul qildi.

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholash boshlandi
17 noyabr 2021, 21:06

Boshlang‘ich sinflarda o‘qish va matematika ko‘nikmalarini baholash boshlandi

O‘zbekistonda 15 noyabrdan 7 dekabrgacha boshlang‘ich sinflarda o‘qish (EGRA) va matematika ko‘nikmalarini baholash (EGMA) bo‘yicha ilk tadqiqot o‘tkazilmoqda. USAID va Xalq ta’lim vazirligi o‘rtasidagi qo‘shma loyiha ushbu fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishga yordam beradi.

USAID O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi
12 noyabr 2021, 12:22

USAID O‘zbekistonga COVID-19 bilan kurashish uchun qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi O‘zbekistonga qo‘shimcha 2,5 mln dollar ajratdi. Bu mablag‘ dori vositalari sifatini ta’minlash va mamlakatda vaksinaga nisbatan ishonchsizlikni bartaraf etish uchun sarflanadi.

2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi
3 noyabr 2021, 10:58

2022 yildan barcha maktablarda ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklar ijara asosida beriladi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta maktabiga 385 ming dona darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi. Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yildan Cambridge University Press tomonidan chop etilgan ushbu darsliklar O‘zbekistonning barcha maktablarida ijara asosida berila boshlanadi.

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi
6 oktabr 2021, 10:51

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi

USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi. Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshiriladi.

USAID rahbari O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda
13 sentabr 2021, 09:43

USAID rahbari O‘zbekistonga kelishni rejalashtirmoqda

USAID ma’muri Samanta Pauer O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqidagi rejalarini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, AQSh prezident Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston» haqidagi qarashlarini olqishlaydi.

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi
23 avgust 2021, 09:39

USAID qishloq ayollarini qo‘llab-quvvatlash uchun $1 mln ajratdi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi va USAID qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan memorandum imzoladi. USAID shuningdek agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha loyiha doirasida qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 1 mln AQSh dollari ajratdi.

USAID o‘zbek maktablari uchun ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklarni sotib oldi
6 avgust 2021, 16:31

USAID o‘zbek maktablari uchun ingliz tili va IT bo‘yicha xorijiy darsliklarni sotib oldi

USIAD xalqaro nashriyotlar tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekistondagi maktablar uchun informatika va ingliz tili darsliklarini sotib oldi. Ular 2021−2022 o‘quv yilida mamlakatning 200 ta maktabida sinovdan o‘tkaziladi. Shuningdek, agentlik O‘zbekiston uchun maxsus ishlab chiqilgan ona tili, matematika va informatika bo‘yicha ta’lim standartlarini Xalq ta’limi vazirligiga topshirdi.

AQSh O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi
1 iyul 2021, 17:02

AQSh O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamini topshirdi

AQSh USAID agentligi orqali O‘zbekistonga 131 tonnalik oziq-ovqat yordamni taqdim etdi. U sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya muassasalari hamda ehtiyojmand oilalar o‘rtasida taqsimlanadi. 2021 yildan buyon qariyb 1300 tonna shunday yordam yetkazib berildi.

USAID qishloq xo‘jaligi sohasida biznes loyihalar tanlovini e’lon qildi
1 iyul 2021, 10:27

USAID qishloq xo‘jaligi sohasida biznes loyihalar tanlovini e’lon qildi

AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi agrobiznes sohasidagi korxonalar uchun biznes g‘oyalar tanlovini o‘tkazmoqda. Unda ayollar va yoshlar boshqaruvidagi yoki ularni ish bilan ta’minlovchi korxonalar ishtirok etishi mumkin. Tanlovda qatnashish uchun ariza topshirish sanasi 16 iyulga qadar.

Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi
29 iyun 2021, 11:51

Tashqi ishlar vaziri USAID`ning yangi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Abdulaziz Kamilov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi rahbari Samanta Pauer bilan muzokaralar o‘tkazdi. Vazir USAID rahbarini iyul oyining o‘rtalarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” konferensiyasiga taklif qildi.

USAID missiyasi birinchi direktori O‘zbekistonga yetib keldi
11 iyun 2021, 10:30

USAID missiyasi birinchi direktori O‘zbekistonga yetib keldi

Mikaela Meredit o‘tgan yili ochilgan AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning O‘zbekistondagi missiyasi birinchi direktori bo‘ldi.

O‘zbekistonda dori-darmonlar sifatini oshirish dasturi amalga oshiriladi
30 oktabr 2020, 10:48

O‘zbekistonda dori-darmonlar sifatini oshirish dasturi amalga oshiriladi

O‘zbekistonda «Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus» dasturi amalga oshiriladi. Bu to‘g‘risidagi hujjat Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Farm agentligi va USAID tomonidan imzolandi.

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi
5 oktabr 2020, 10:50

«Qadr-qimmat va huquqlar» dasturining yakunlari muhokama qilindi

USAID, XMT va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz tomonidan amalga oshirilgan «Qadr-qimmat va huquqlar» dasturi doirasida 1700 dan ortiq odam savdosi jabrdiydalari O‘zbekistonga qaytib kelib, reintegratsiya yordamini olishdi. Bundan tashqari, 95 mingdan ortiq fuqaroga odam savdosi xatarlari bo‘yicha maslahatlar berildi.

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi
1 oktabr 2020, 12:04

USAID O‘zbekistonda o‘z missiyasini ochdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda missiyasi ochganini e’lon qildi. Bunga qadar agentlik idorasi USAIDning Markaziy Ochiyodagi missiyasining bir qismi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi
10 sentabr 2020, 16:20

USAID Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini tiklashga ko‘maklashdi

AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Buxoro viloyatidagi Yomonjar kanalini qayta tiklash ishlarini moliyalashtirdi. 1978 yilda qazilgan kanalda gidropostlar qurilib, o‘zani betonlashtirildi.

AQSH O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi
3 sentabr 2020, 13:11

AQSH O‘zbekistonga 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi

AQSH O‘zbekistonga umumiy qiymati 2,6 mln dollar bo‘lgan 200 ta sun’iy nafas berish apparatini taqdim etdi. Ular mintaqaviy iqlimni hisobga olgan holda maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarilgan.

AQSH O‘zbekistonga 200 ta O‘SSH moslamasini jo‘natdi
24 avgust 2020, 10:48

AQSH O‘zbekistonga 200 ta O‘SSH moslamasini jo‘natdi

AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi
9 iyul 2020, 20:14

USAID O‘zbekistonda 18,9 million dollarlik agrobiznesni rivojlantirish loyihasini boshladi

USAID O‘zbekistonda agrobiznesni rivojlantirish loyihasini ishga tushirmoqda, bu qo‘shimcha qiymat ishlab chiqaradigan tarmoqlar sonini ko‘paytirish hamda mazkur jarayonga yoshlar va ayollarni jalb qilishga yordam beradi. Loyiha 18,9 million dollarga baholanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting