«toshkent» tegli maqolalar


Toshkentda yoshlar festivali oyligi boshlanadi: tadbirlar ro‘yxati
5 noyabr 2020, 12:18

Toshkentda yoshlar festivali oyligi boshlanadi: tadbirlar ro‘yxati

Poytaxtda «Toshkent yoshlarni sevadi!» shiori ostida bir oy davom etadigan yoshlar festivali o‘tkaziladi. Festival doirasida mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, ekskursiyalar, viktorinalar, fleshmoblar va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

Rossiyadan 8,5 ming o‘zbekistonlikni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22 oktabr 2020, 10:12

Rossiyadan 8,5 ming o‘zbekistonlikni olib kelish uchun qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Oktyabr oxiri va noyabr boshida Rossiyadan deyarli 8,5 mingga yaqin o‘zbekistonlik olib kelinadi. Bu uchun Voljskiy — Toshkent yo‘nalishiga yana to‘rtta poyezd qo‘shilib, jami qatnovlar soni to‘qqiztaga yetdi. Har bir poyezd tarkibida 938 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan 20 ta vagon mavjud.

Jamoat transportlarida beriladigan bir martalik qo‘lqoplar narxi ma’lum qilindi
19 oktabr 2020, 20:59

Jamoat transportlarida beriladigan bir martalik qo‘lqoplar narxi ma’lum qilindi

Toshkent transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayev yirik avtobus bekatlari va metroga kiraverishda katta hajmli axlat qutilari o‘rnatilishini ma’lum qildi. Shuningdek, u poytaxtdagi jamoat transporti yo‘lovchilariga bepul tarqatiladigan bir martalik qo‘lqoplarning narxini oshkor qildi.

Toshkent uchun 1 trln so‘mga 300 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilmoqda
15 oktabr 2020, 11:47

Toshkent uchun 1 trln so‘mga 300 ta elektrobus sotib olish rejalashtirilmoqda

Transport vazirligi Toshkent shahri uchun 300 dona elektrobus sotib olishni taklif qildi. 3 yil davomida xarid qilinadigan transportlarning umumiy qiymati 1 trln so‘m atrofida bo‘ladi.

«Toshkentning kelajagi — Sirdaryo» — G‘ofurjon Mirzayev
14 oktabr 2020, 18:04

«Toshkentning kelajagi — Sirdaryo» — G‘ofurjon Mirzayev

Toshkent kengaygani sari zavod va fabrikalarni chekka hududlarga ko‘chirish zarurati paydo bo‘ladi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayevning fikricha, Sirdaryo ushbu korxonalarni qabul qilish uchun eng qulay joy. Shuningdek, u Sirdaryoni «ikkinchi Amerika» deb atash bilan nimani nazarda tutganini aytib o‘tdi.

15 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi
13 oktabr 2020, 13:49

15 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qarori bilan poytaxtda isitish mavsumi 15 oktyabrdan boshlanadi.

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda
8 sentabr 2020, 12:51

Toshkent shahrida Yangihayot tumani tashkil etilmoqda

Qonunchilik palatasi Toshkent tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkentning Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangihayot tumani tarkibiga 2131,2 gektar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qaror Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Toshkentda 18 yoshli mast haydovchi YTH sodir etdi — bir kishi qurbon bo‘ldi
22 avgust 2020, 13:51

Toshkentda 18 yoshli mast haydovchi YTH sodir etdi — bir kishi qurbon bo‘ldi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida mast holatdagi Lacetti haydovchisi ko‘cha chirog‘i ustuniga borib urildi. 19 yoshli yo‘lovchi olamdan o‘tdi, yana ikki yosh yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

17 avgustni Toshkent shahri kuni deb e’lon qilish taklifi bildirildi
18 avgust 2020, 15:54

17 avgustni Toshkent shahri kuni deb e’lon qilish taklifi bildirildi

Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17 avgustni shahar kuni deb e’lon qilish va har yili ushbu bayramni keng nishonlash taklifini ilgari surdi.

Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushadi
14 avgust 2020, 18:52

Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushadi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushiriladi. Metroda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish jiddiy nazorat qilinadi.

Toshkent chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi
13 avgust 2020, 20:15

Toshkent chegaralarini o‘zgartirish rejasi qayta ko‘rib chiqiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududini o‘zgartirish to‘g‘risidagi loyihani qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda. Uchtepa va Sergeli tumanlari hamda Ulug‘bek shaharchasi aholisi ushbu rejalardan norozi bo‘lgan edi.

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi
12 avgust 2020, 18:58

Toshkentdagi YTHda bir kishi halok bo‘ldi va bir kishi jarohatlandi

Toshkentning Chilonzor tumanida Labo yuk mashinasining reklama ustuniga borib urilishi oqibatida avtomobil yo‘lovchisi voqea joyida vafot etdi, haydovchi jarohat oldi.

Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi
6 avgust 2020, 17:31

Uchtepa tumanidagi uchta mahalla aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi

Toshkentning Uchtepa tumani yashovchilari uchta mahallani Toshkent viloyatining Zangiota tumani tarkibiga o‘tkazishga qarshi chiqdi. Tuman hokimi Farhod Abdullayev ular bilan uchrashuvda poytaxt va viloyat chegaralarining o‘zgarishi hozirda loyiha ekanini ta’kidlab, ushbu masalani shahar hokimi bilan muhokama qilishga va’da berdi.

Toshkent shahri va viloyati hududida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
6 avgust 2020, 16:41

Toshkent shahri va viloyati hududida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?

Poytaxtning Sergeli, Chilonzor va Uchtepa tumanlaridan bir qismini Toshkent viloyatiga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Mirzo-Ulug‘bek tumani tarkibidagi Ulug‘bek shaharchasini viloyat hududiga o‘tkazish va Qibray tumanining ma’muriy markaziga aylantirish mo‘ljallangan.

Poytaxt hududi kengaytiriladi
5 avgust 2020, 15:31

Poytaxt hududi kengaytiriladi

Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Oxirgi ikki oyda 40 ming fuqaro Toshkent propiskasini oldi
6 iyul 2020, 20:02

Oxirgi ikki oyda 40 ming fuqaro Toshkent propiskasini oldi

Yil boshidan beri Toshkent shahrida jami qariyb 50 ming nafar fuqaro doimiy ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, shundan may va iyun oylarining o‘zida 40 mingga yaqin nafar fuqaro doimiy ro‘yxatga kiritilgan.

Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalladi
26 iyun 2020, 17:27

Toshkent og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat qayd etilishi bo‘yicha respublikada 1-o‘rinni egalladi

Toshkentda yanvar-may oyilarida 896 ta og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilib, respublikada salbiy birinchi o‘rinni egalladi.

Toshkentning Yangihayot kichik tumani tarkibiga qaysi mahallalarning kirishi ma’lum bo‘ldi
22 iyun 2020, 17:20

Toshkentning Yangihayot kichik tumani tarkibiga qaysi mahallalarning kirishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentning Sergeli tumani hududida tashkil etilayotgan Yangihayot tumani tarkibiga 13 ta mahalla to‘liq, 6 ta mahalla qisman o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda. Sergeli hokimining bu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting