Toshkent shahrida Labo rusumli yuk mashinasi ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bitta inson halok bo‘ldi va bitta inson jarohat oldi, deya xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Avtohalokat 11 avgust kuni Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida yuz bergan. 20 yoshli Asadbek N. Labo rusumli yuk avtomobilini boshqarish davomida boshqaruvni yo‘qotib reklama ustuniga to‘qnashgan. Hodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida badan shikastlari yetgan haydovchi shifoxonaga yetkazildi. Yo‘lovchi — 31 yoshli Toshkent viloyatida tug‘ilgan Bekzod S. olgan badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Mazkur fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi (haydovchining transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzishi oqibatida o‘limga sabab bo‘lishi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.