Poytaxtda noyabrning birinchi haftasidan boshlab «Toshkent yoshlarni sevadi!» shiori ostida bir oy davom etadigan yoshlar festivali o‘tkaziladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu festivalga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Oylik doirasida ko‘plab foydali va qiziqarli mahorat darslari, badiiy ko‘rgazmalar, ta’lim va sport tadbirlari, konsertlar, muvaffaqqiyatli tadbirkorlar bilan uchrashuvlar, poytaxtning diqqatga sazovor joylariga ekskursiyalar, ajoyib sovg‘alari bor viktorina va tanlovlar hamda fleshmoblar bo‘lib o‘tadi.

Xabar berilishicha, tadbirlar to‘rtta yo‘nalishga bo‘linadi: texnologiyalar, ta’lim, sport va madaniyat. Festival haftalari ham aynan shu to‘rtta mavzudagi yo‘nalishga bo‘linadi:

Texnologiya haftaligi (6−12 noyabr):

  • Kibersport bo‘yicha musobaqa
  • Robototexnika
  • IT-park'ga ekskursiya
  • Texnopark’ga ekskursiya

Sport haftaligi (9−15 noyabr):

  • Street ball
  • Street workout
  • Shaxmat musobaqasi
  • Futbol
  • Velopoyga

Ta’lim haftaligi (16−22 noyabr):

  • Turli xil master-klasslar
  • QUIZ FEST
  • Quvnoqlar va zukkolar
  • Hokimning yoshlar bilan uchrashuvi
  • Deputatlarning yoshlar bilan uchrashuvi

Madaniyat haftaligi (23−29 noyabr):

  • Fleshmob
  • Gala-konsert
  • Dance music fest
  • Freelance forum
  • Teatrga ekskursiya

Dastur o‘zgartirilishi mumkin.

«Davom etayotgan karantin cheklovlarini inobatga olib, oflayn tadbirlar epidemiologik osoyishtalikni saqlash uchun zarur bo‘lgan barcha sanitariya-gigiyena me’yorlariga rioya qilgan tarzda — niqoblarda, ijtimoiy masofani saqlagan hamda qo‘l va buyumlarga antiseptik vositalar bilan ishlov bergan holda o‘tkaziladi», — deyiladi xabarda.

Shahar hokimligi, shuningdek, tadbirlarning bir qismi internet-anjumanlar rejimida va ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lib o‘tishi haqida aytib o‘tdi.

Tadbirlar bo‘yicha barcha ma’lumotlarni festival saytida va ijtimoiy tarmoqlar: Telegram, Facebook, Instagram orqali kuzatib borish mumkin.