Toshkent hokimligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi 17 avgustni shahar kuni deb e’lon qilishni taklif qildi.

«17 avgust — Toshkentning poytaxt sifatida tavallud kuni. Shahar kunini belgilash haqida gap-so‘zlar anchadan beri yuradi — Toshkent hanuz o‘z bayramiga ega emas», — deyiladi kengash xabarida.

Bayramni har yili 17 avgustdan keyingi yaqin yakshanba kuni keng nishonlash taklif etildi.

Ma’lumot uchun, 90 yil oldin, 1930 yil 17 avgustda O‘zbekiston poytaxti Samarqanddan Toshkentga ko‘chirilgan.

Bugungi kunda O‘zbekistonning Samarqand, Farg‘ona, Olmaliq va boshqa shaharlarida shahar kuni nishonlab kelinadi.