15 oktyabrdan Toshkentda isitish mavsumi boshlanadi, deya xabar qildi poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasida 2020−2021 yillardagi isitish mavsumini boshlash masalasi deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqildi.

Kengash qaroriga ko‘ra, 15 oktyabrdan Toshkent shahridagi ijtimoiy ob’ektlarga, 17 oktyabrdan ko‘p qavatli xonadonlarga issiqlik ta’minoti yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumdan boshlab poytaxtda markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitoblar yangi tartibda amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, isitish davrining har bir kuniga 1 kv. metr isitiladigan maydon uchun to‘lov 142 so‘mni tashkil etadi, deyiladi «Toshissiqquvvati» korxonasi xabarida.