Doniyor Tashxodjayev Toshkent IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga qaytdi. U bungacha Toshkent viloyati IIBda ishlagan, Farg‘ona viloyati IIBga rahbarlik qilgan, IIV rahbari o‘rinbosari va poytaxt IIBB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan edi.
Bloger Asad Algo (Asadbek Arzikulov) o‘limi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘limidan 3 kun oldin u tanishi bilan janjallashib qolgan, oqibatda bloger og‘ir jarohat olgan, ammo tibbiy muassasaga murojaat qilmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda o‘nlab o‘smirlarning hibsga olingani muhokama qilinmoqda. Ular IIBga «profilaktik suhbat uchun» olib ketilgan. Huquq-tartibot idoralarining aytishicha, Forumlar saroyi yaqinida «Ryodan» tarafdorlarining chaqiruvlari sabab 50 nafar o‘smir yig‘ilgan.
Yangihayot tumanida bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qizning murdasi zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan topildi. Mazkur ishda gumonlanuvchi 29 yoshli erkak ushlandi. U marhumaning xonadonida avvalroq ta’mirlash ishlarini amalga oshirgani ma’lum bo‘ldi.
Toshkentning Uchtepa tumanida Lacetti katta tezlikda Nexia-3 bilan to‘qnashib, so‘ngra 6 piyodani urib yubordi. Oqibatda ulardan 2 nafari vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tarmoqlarda maktab o‘quvchilarining ommaviy mushtlashuvi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa Mirobod tumanidagi 125-maktabda sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Fuqaro «Davr bank» tizimiga noqonuniy ulanib, 15 mlrd so‘mni do‘stining kartalariga o‘tkazgan, so‘ngra pul jinoiy guruh a’zolari o‘rtasida taqsimlangani aytilmoqda. 11 nafar shaxs gumonlanuvchi sifatida jalb etilgan, ikki nafari qidiruvda.
Avtobloger Bobur G‘aniyev IIBB xodimlarini haqorat qilgani uchun 5,4 mln so‘mga jarimaga tortildi. Sudya «ment» so‘zini haqoratomuz deb ta’rifladi. Bloger va uning sheriklari IIO xodimlarining xizmat vazifasini bajarishga qarshilik qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi. Deputat Rasul Kusherbayev blogerning telefoni tintuv qilingani qanchalik qonuniy ekanligi bo‘yicha savolga berildi va qamoqning «ommani o‘ziga jalb qilish» bilan tushuntirilganligi bo‘yicha xavotir bildirdi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati poytaxtning turli tumanlarida aholiga eshitilayotgan otishmaga o‘xshash tovushlarni tug‘ilgan kunni nishonlash bilan izohladi.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Mingo‘rik arxeologiya yodgorligi yonida Toshkent shahar IIBB Ma’naviyat va ma’rifat markazining qurilishi tegishli ruxsat olinmasdan boshlangan, deya ma’lum qildi Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.
Toshkentning Yunusobod tumanida kechki payt 3 nafar fuqaro IIBga so‘rov uchun olib kelingan. Fuqarolar qo‘yib yuborilgandan keyin taxminan 6 soatlardan so‘ng ulardan birining murdasi topilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasida marhumning bir nechta kasalliklari bo‘lgani aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar boshqarmalari odamlar bilan bog‘lanib, muloqot qila oladigan dasturiy ta’minot yaratish kerakligini ta’kidladi. «Hozir hamma telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda. Odamlarni ichki ishlar bo‘limiga chaqiradigan yoki qog‘ozdagi murojaatini kutib o‘tiradigan zamon o‘tib bo‘ldi», — dedi prezident.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov o‘z lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qo‘qon shahar IIO FMB boshlig‘i Muhiddin Jo‘rayev tayinlandi. Jo‘rayev oldinroq ichki ishlar vazirining o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
1 sentyabr kuni poytaxt markazida Lacetti urib yuborgan yo‘l-patrul xizmati inspektori Salim Umarov voqeadan uch kun o‘tib kasalxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting