Bir necha kundan buyon Facebook`dagi «Potrebitel.uz» guruhi Toshkentning har xil tumanlarida, asosan tunda, odamlarning otishmaga o‘xshash ovozlarni eshitayotani muhokama qilinmoqda.

Chilonzor, Sergeli, Uchtepa, Yunusobod, Yakkasaroy va Bektimir tumanlarining Qorasuv, Buyuk Ipak yo‘li metrosi, Qoraqamish, Grand Mir mehmonxonasi, Oqqo‘rg‘on, Lisunova, Botkina, Ganga kabi turli nuqtalarida qattiq va baland tovushlar eshitilmoqda, deb guruh ma’muriyati so‘rovlarni umumlashtirgan holda yozmoqda.

«Internet tarmog‘ida otishma tovushlari haqida tarqayotgan xabarlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi. Aksariyat holatlarda bu kabi tovushlar tug‘ilgan kunlarni nishonlash bilan bog‘liq», — deya ma’lum qildi poytaxt IIBB matbuot xizmati. Boshqarma ushbu ovozlarni mushak va petardalarning ovozi bilan bog‘ladi.

«Tekshiruv natijalariga ko‘ra tegishli choralar ko‘riladi», — deya qo‘shimcha qildi IIBB.