Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev 12-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jinoiy guruhlarga qarshi reyd fonida tadbirkor G‘ofur Rahimov haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

“Bugun bizda bu shaxsga (G‘ofur Rahimov — tahr.) nisbatan jinoiy ish ochilgani yo‘q. Bu shaxs [Ichki ishlar bosh boshqarmasiga] olib ketilmagan va qidiruvga ham berilmagan”, — dedi Doniyor Toshxo‘jayev. Biroq unga nisbatan tergov o‘tkazilmoqdami yoki yo‘qmi, ma’lum qilmadi.

2018-yil iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi G‘afur Rahimov ismini qidiruvdagilar ro‘yxatidan olib tashladi. U 2018-yilning noyabrida AIBA rahbari etib tayinlandi. AIBA rahbari saylanishidan oldin AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish departamenti uni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. 2019-yil mart oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Rahimovga uning ushbu lavozimga ko‘rsatilishi boksning olimpiya maqomini saqlab qolish masalasiga ta’sir qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. G‘ofur Rahimovning aytishicha, bu ayblovlar “to‘qima va siyosiy yolg‘onlarga asoslangan”.

2020-yil aprel oyida tadbirkor AQSh moliya vazirligining sanksiyalar departamentiga qarshi sudda uni uyushgan jinoyatchilikka qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlash bo‘yicha sudda yutqazdi. G‘ofur Rahimov hozirda ham AQShning sanksiyalar ro‘yxatida qolmoqda.

2022-yilning aprel oyida u O‘zbekiston professional boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib tayinlandi.