Toshkent aeroportining mahalliy terminali oldidagi hudud rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Ilk bor barcha avtomobillarga qisqa muddat — 10 daqiqagacha — terminal hududiga kirishga ruxsat berildi. Kutib oluvchilarga sharoit yaratilishi yoki yo‘qligi va rekonstruksiyaga muhtoj avtoturargoh taqdiri ochiqlanmadi.
Shahar podstansiyasida avariya ro‘y bergani ortidan Toshkent aeroportida qisqa vaqtga elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi. Bu parvozlarni ta’minlovchi obyektlar ta’minotiga ta’sir qilmadi. Parvozlarda kechikish kuzatilmadi. 15 daqiqa ichida quvvat tiklandi.
Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun yana uchta taksi operatorini jalb qilmoqchi — xalqaro terminalning umumiy zali va CIP-zal hamda mahalliy terminal uchun. Hozirda xalqaro terminalning uchib kelish zaliga birgina aeroport taksi operatori xizmat ko‘rsatmoqda.
Toshkent aeroporti oldidagi yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. U kengaytiriladi, Kichik halqa yo‘liga kirish va chiqish yo‘llari, velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.
Mahan Air aviakompaniyasining Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining yurak xurujiga uchragani sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Air Cairo aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan Toshkentga chorshanba kuni belgilangan parvozi ob-havo sharoiti tufayli 10 soatdan ortiq kechiktirildi. 200 nafardan ziyod yo‘lovchi Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da jo‘nab ketishni kutmoqda.
Toshkent aeroportida sharqona ko‘rinishdagi mehmonxona ochiladi. Unga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot tablosi, hammom va dush xonasi taqdim etiladi, qabulxona kechayu kunduz ishlaydi va har bir yo‘lovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.
«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi. Ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi va u mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.
Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.
Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminali yerto‘lasida kichik yong‘in chiqdi. Bunga transformator podstansiyasida joylashgan uzluksiz elektr ta’minoti manbasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Terminal vaqtincha chiroqsiz qoldi. Uchta reys kechiktirildi.
Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro terminallari o‘rtasida bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobus har kuni soat 5:00 dan 23:30 gacha ishlaydi.
Yetti nafar Afg‘oniston fuqarosi Toshkentdan Londonga soxta Britaniya pasportlari bilan uchib ketishga urindi. Ular qo‘lga olinib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Prezident va hukumat Toshkent aeroportini shahar tashqarisiga ko‘chirishning maqsadga muvofiqligini muhokama qilmoqda. Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayevaning fikricha, yangi uchish-qo‘nish yo‘laklarini qurishning imkoni yo‘qligi sababli havo bandargohining hozirgi quvvatlari uzog‘i bilan 2027 yilgacha yetadi.
«Toshkent» xalqaro aeroportiga yetib kelgan yo‘lovchilar o‘z yuklarini endi kameralar orqali kuzatishlari mumkin. Bu yukchilarni intizomga chaqirishi va kutish vaqtini qisqartirishga xizmat qilishi kerak. Ilgari yo‘lovchilar chamadonlarning shikastlangani haqida ko‘p shikoyat qilishardi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent aeroporti, Urganch aeroporti va Farg‘ona vodiysi viloyatlari uchun yagona aeroport fasadining konseptual ko‘rinishi bilan tanishdi.
16 mart kuni ertalab Toshkent aeroportida quyuq tuman tushishi sababli bir qancha mahalliy va xalqaro reyslar kechiktirildi va boshqa aeroportlarga ko‘chirildi.
Toshkent xalqaro aeroporti quyuq tuman tushishi munosabati bilan samolyotlarni qabul qilishni to‘xtatdi. Biroq Toshkentdan Tel-Aviv, Olmaota, Moskva, Sankt-Peterburg va Krasnodarga reyslar amalga oshirildi.
Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Toshkent aeroporti yaqinida xususiy takchisilar faoliyatini tartibga solish va yo‘lovchilarni shahar markazigacha tashishni tashkil etishga xalal berayotgan muammolarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taksi xizmatlarini ko‘rsatuvchilar o‘rtasida tender o‘tkazilmayotgan, aeroport oldi hududlarining hokimiyat balansida ekani hamda kunu tun ishlaydigan jamoat transportining mavjud emasligi bilan bog‘liq.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting