Ikki haftalik rekonstruksiya ishlaridan so‘ng “Toshkent-3” mahalliy aviaqatnovlar terminali oldidagi hudud 1-sentabrdan qayta ochildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yerda transport vositalarining terminal oldiga kelishi soddalashtirildi. Shunday qilib, uchta alohida yo‘laklar paydo bo‘ldi: rasmiy aeroport taksi xizmatlari, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar, shuningdek, kuzatuvchi va kutib oluvchilar avtomobillari, shu jumladan agregatorlar bilan ishlaydigan taksilar (MyTaxi, Yandex Go va boshqalar) uchun.

3-terminal, вокзалoldi, mahalliy terminal, noqulay шаҳар, тошкент aeroportи

Hududga barcha yengil avtomobillar, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun qisqa muddat — 10 daqiqagacha kirishga ruxsat beriladi. Avtomobilning yo‘lakda o‘tkazgan vaqti 10 daqiqadan oshib ketgan taqdirda, o‘rnatilgan va YHXB bilan integratsiyalashtirilgan kameralar qoidabuzarlarga avtomatik ravishda jarima soladi. Shuningdek, kelishning o‘ng va chap yo‘laklarini ajratib turuvchi sariq chiziqda to‘xtash taqiqlanadi va bu qoidabuzarlik hisoblanadi, buning uchun jarima ham nazarda tutiladi.

“Bugungacha ma’lum bir xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda avtomototransport vositalari terminal oldiga kira olmas edi. Endilikda biz haydovchilar uchun xalqaro standartlarga muvofiq, yo‘lovchilarni terminalda qoldirib, olib ketishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berdik”, — deyiladi “Uzbekistan Airports” AJ Aviatsiya xavfsizligi xizmati xabarida.

3-terminal, вокзалoldi, mahalliy terminal, noqulay шаҳар, тошкент aeroportи

Rekonstruksiya paytida terminal atrofidagi eski panjaralar demontaj qilinib, yangisi o‘rnatildi. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarni o‘tkazuvchi punktlar yangilandi.

Kutib oluvchilar uchun sharoit yaratiladimi va rekonstruksiya qilinishi kerak bo‘lgan avtoturargoh bilan nima sodir bo‘lishiga aniqlik kiritilmadi.

Vokzal maydonini rekonstruksiya qilish ishlari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi [159-sonli] aeroportlar, temir yo‘l va avtovokzallarda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

3-terminal, вокзалoldi, mahalliy terminal, noqulay шаҳар, тошкент aeroportи

Kompaniya eslatib o‘tishicha, 2024-yilning 1-yanvariga qadar O‘zbekistondagi barcha xalqaro aeroportlarda ham terminal oldi hududlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Yaqinda “Gazeta.uz” urbanist Iskandar Soliyev bilan birgalikda Toshkent aeroportining xalqaro terminalidagi aylanma yo‘l hamda kutib oluvchilar uchun yaratilgan sharoitlar qanchalik noqulay ekanligi haqida video tayyorlagandi.