Toshkent xalqaro aeroporti oldida, ko‘prikdan tushaverishdagi aylanma yo‘l markazida O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi.

Poytaxt hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, bayroq ustunining balandligi 62 m, matosining o‘lchami esa 12×24 m.

Manba: Toshkent shahri hokimligiManba: Toshkent shahri hokimligi

Uning atrofida balandligi 16 m bo‘lgan 38 ta bayroq ustunlari o‘rnatilgan bo‘lib, ularda 2×4 m o‘lchamdagi bayroqlar hilpirab turadi. Ushbu bayroqlar shaharda o‘tkaziladigan milliy yoki xalqaro tadbirlarga, xorijiy delegatsiyalarning tashrifiga qarab o‘zgaradi.

Bundan tashqari, yo‘l o‘tkazgichdan aeroportga chiqishdagi aylanma yo‘l oldida favvora, o‘ng tomonida esa ulkan proyeksiya ekrani o‘rnatilgan.

ўзбекистон bayrog‘i, тошкент aeroporti

Ayni paytda atrof obodonlashtirilmoqda, jumladan, aeroport oldidagi avtobus bekatini yangilash ishlari ketmoqda.

Yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishi davom etmoqda va uni 2024-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan. Biz loyiha haqida batafsil yozgandik.