O‘zbekiston qarzining YAIMga nisbati 60 foiz etib belgilanmoqda. Moliya vaziri o‘rinbosari Odiljon Isakov bu ko‘rsatkich maqsad emas, balki eng yuqori chegara ekanligini ma’lum qildi. Hozirda nisbat 37 foiz — 25,9 mlrd dollarga yetgan. Tashqi qarz esa nimaning hisobidan to‘lanishi haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston tashqi qarzi 2013 yildan buyon ilk bor kamaydi. MB buni jahondagi geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qilish sekinlashgani va asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi tashqi qarz qoldig‘ida aks etgani bilan izohladi.
Xitoyning Toshkentdagi elchisi Szyan Yan Xitoy kreditlari mamlakatlarni «qarz tuzog‘iga» tushishiga sabab bo‘layotgani haqidagi xabarlarni asossiz deb atadi. «G‘arb banklari yoki xalqaro moliya muassasalari qarz bersa — pishloq, Xitoy qarz yoki kredit bersa — tuzoq. Odamlar ba’zida farqiga bormaydilar», — dedi u.
Toshkentda mozaikalarni saqlab qolish uchun maxsus material bilan qoplanayotganini aytgan poytaxt hokimligi, xorijda davolanayotgan Abdulaziz Kamilov, qizini ayiq qafasiga tashlagan ayolning ishi sudga oshirilgani, Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun to‘laydigan 951 mln so‘m nafaqa puli, iqtisodiyotga davlat qarzi yuki o‘sgani, Turkiya prezidentining Toshkentga tashrifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 29 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekistonning tashqi qarzi hajmi 2021 yilda 16% ga oshib, 40 mlrd dollarga yaqinlashdi. Bu YAIMning 57 foizini tashkil etadi. Xususan, 2021 yilda davlat tashqi qarzi 11% ga oshib, 23,7 mlrd dollarga yetgan. Xususiy tashqi qarz 2021 yilning boshiga nisbatan 24 foizga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi qarzni qonun nuqtai nazaridan olayotgani, qolaversa, shuning hisobiga ham oylik, ham metro bo‘layotganini ta’kidladi. «Shuncha tibbiyot xodimlari yoki muallimlarning oyliklari oshmas edi. O‘tiraverar edik oldingiga o‘xshab qarsak chalib, balandparvoz gap gapirib», — dedi prezident.
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi yil boshiga nisbatan 11 foiz yoki 3,7 mlrd dollarga o‘sib, 1-oktabr holatiga ko‘ra, 37,6 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda davlat qarzi 22,9 mlrd dollar, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 14,7 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Moliya vazirligi hisobotiga ko‘ra, 1 oktabr holatiga davlat qarzi 25,3 mlrd dollarni (YAIMga nisbatan 38,4 foiz) tashkil etdi. Iyul-sentabr oylarida davlat qarzi qoldig‘ida kuzatilgan o‘sish «davlat budjeti taqchilligining moliyalashtirilishi», «investitsion loyihalarning amalga oshirilishi» hamda 356,4 mln dollar miqdoridagi davlat qarzining so‘ndirilishi bilan izohlanmoqda.
2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YAIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YAIMga nisbatan 41 foizni tashkil etadi. 2022 yilda kutilayotgan budjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallanmoqda.
2020 yilda O‘zbekiston tashqi qarzi 21,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Senat majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov tashqi qarz nimalarga sarflangani haqida ma’lumot berdi.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekiston davlat qarzi miqdori $23,2 milliardni tashkil etib, yil boshiga nisbatan $133,7 millionga kamaygan.
Moliya vazirligining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18 foizga oshib, 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd dollarga yoki YAIMga nisbatan 32,8 foizga yetgan. Davlat ichki qarzi esa dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 23,6 trln so‘mni (2,3 mlrd dollar) yoki YAIMga nisbatan 4 foizni tashkil etdi.
2020 yil boshidan beri O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 12,7 foizga, ya’ni 3,1 mlrd dollarga oshgan va 1 iyul holatiga ko‘ra 27,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Xususiy sektor tomonidan jalb qilingan 2,1 mlrd dollarlik qarzning asosiy qismi, ya’ni 1,8 mlrd dollar banklar tomonidan olingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting