Xatirchi tumani xalq ta’limi bo‘limi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular 43,6 mln so‘m miqdoridagi rag‘batlantirish va ish haqlarini noqonuniy hisoblab, budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.
Taxiatosh tumanidagi mahallardan birining raisi 31 mln so‘mdan ortiq pulni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Uning bir martalik moddiy yordam pullarini asossiz to‘lagani aniqlangan. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshirish olib bormoqda.
G‘ijduvon tumanida avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalarining 3 tasida tabiiy gaz talon-toroj qilingani aytilmoqda. Oqibatda davlat manfaatlariga 11,8 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Mansabdorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
«Xalq banki»ning Xovos filialida 3,8 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aytilmoqda. DXX holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bankning bir nafar mas’uli qamoqqa olinganini ma’lum qildi.
«O‘zavtoyo‘lbelgi» DUK mansabdorlari 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Ular o‘zlariga tanish firmalar bilan 9 mlrd so‘mlik shartnoma tuzib, yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni qimmat narxlarda xarid qilgan.
«Agrobank» ATB Qamashi tumani filiali mansabdor shaxslari salkam 4 mlrd so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Tergov davomida ularning 3 nafariga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi sobiq Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ular budjetdan ajratilgan juda ko‘p miqdordagi pullarni rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti 4 ta holatda jami 7,2 mlrd so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarni qo‘lga oldi. Kreditlarning asosiy qismi chorvachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanish uchun olingan. Hozirda gumondorlarga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
DXX «Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish» unitar korxonasi mansabdorlarining 1 mlrd so‘mdan oshiq mablag‘ni talon-toroj qilganini aniqladi. Sud hukmiga ko‘ra, ularga ozodlikdan mahrum qilish, ahloq tuzatish ishlari hamda boshqa jazo turlari tayinlandi.
Sergeli tumanida bir guruh shaxslar korxona faoliyatini kengaytirishda ehtiyot qismlarni sotib olish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m kreditni o‘zlashtirgani aytilmoqda. Gumonlanuvchilarga tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qarshi shahar sobiq hokimi Jamshid Fozilov 2018—2019 yillar davomida 54 ta holatda 60 mlrd 512 mln so‘m talon-toroj qilishda gumonlanmoqda. Hozirda u uy qamog‘iga olingan. Qashqadaryo prokuraturasining ta’kidlashicha, sud yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Andijonning Paxtaobod tumanida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan pullar qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilingan. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoiy ish ochilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Qashqadaryoda ko‘p qavatli uylarni obodonlashtirish uchun ajratilgan 573,2 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilingani aniqlandi. Gumonlanuvchilar bu mablag‘ni bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali o‘zlashtirgan. Ularga nisbatan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sirdaryo viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan sport anjomlari 1,2 mlrd so‘mdan ziyod qimmat narxga sotib olingani ma’lum bo‘ldi.
Navoiy viloyati XTB sport anjomlarini haqiqiy bahosidan 787,8 mln so‘mga, viloyatning sobiq turizm va sport bosh boshqarmasi mansabdorlari esa 598,9 mln so‘mga qimmatroq sotib olgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura O‘zbekiston Milliy universiteti kutubxonasidan tarixiy-badiiy ahamiyatga ega 56 ta qo‘lyozma va toshbosma asarlar talon-toroj qilinganini aniqladi. Mansabdor shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Toshkent viloyatidagi korxonaning xodimlari savdodan tushgan 489,7 mln so‘mni o‘zlashtirganligini aniqladi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Jizzax viloyatida tuman hokimligining mansabdor shaxslari 7 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata orqali talon-toroj qilganlikda gumon qilinmoqda.
UzAuto Motors katta miqdordagi po‘lat listlar Rossiyadan olib kelinayotganda yo‘qolganini ma’lum qildi. Talon-toroj qilingan ushbu listlar 2000 dan ortiq Nexia-3 avtomobilining kuzov qismlarini ishlab chiqarishga yetar edi, deya aniqlik kiritdi kompaniya.
Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi mutasaddilariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘p miqdorda talon-toroj qilishda ayblanayotgan boshqarma boshlig‘i qamoqqa olindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting