Sergeli tumanida 2,5 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «I-A» MCHJ rahbari va boshqalar bank filialidan ehtiyot qismlarni sotib olib, savdo faoliyatini kengaytirish uchun ajratilgan 2,5 mlrd so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirilganlikda gumonlanmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, bu mablag‘ evaziga korxona tomonidan ehtiyot qismlar yetkazib berilmagan bo‘lsada, go‘yoki ehtiyot qismlar yetkazib berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.